Geologiyasi


 Lyuminestsent-bituminologik tahlil



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə16/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   273
Geologiyasi (1)

4.3.4. Lyuminestsent-bituminologik tahlil 
Tog’ jinslaridagi neft va bitumning taqsimlanishi miqdori, sifatini aniqlash
usuli.
Lyuminestsent-bituminologik
tahlil
moddaning
lyuminestsentsiyasini
o’rganishdan tashqari, uning boshqa fizik-kimyoviy xususiyatlaridan (yutilishi, yuza
qismining taranglashishini, tanlama eruvchanlik va b.) foydalanishga asoslangan.
Bunda yuvuvchi eritma, shlam va tog’ jinslari ultrabinafsha nurlari bilan
nurlantiriladi. Natijada neft lyuminestsentsiyasi yuzaga keladi, uning rangi va
jadalligi neft tarkibiga bog’liq holda o’zgaradi. Bu usul bir necha ketma-ket
bajariladigan tahlillardan iborat: bitumli tekstura va strukturani aniqlash, kapillyar-
lyuminestsent,
tomchi-lyuminestsent,
etalon-lyuminestsent,
komponent-
lyuminestsent tahlillar va b. Lyuminestsent-bituminologik tahlil yuqori sezgirlikka
ega, shu sababli neft, bitum va bitumli tog’ jinsining namunalarini olish va saqlash,
tahlil ishlarini bajarishda maxsus talablarga rioya qilinadi.
Tahlil metodikasi V.N. Florovskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, undan
asosan neft qidirish maqsadida bajariladigan izlash va razvedka ishlarida, quduq
kesimining bitumliligini o’rganishda, geologik kesimdagi jinslardagi bitum miqdorini
aniqlash va ularni o’zaro taqqoslashda foydalaniladi.
Bitum ohaktosh, angidrit va gipslarda tez, qumtosh va qumlarda sekin, gil va
mergellarda juda qiyin aniqlanadi. Jinsning yangi singan yuzasiga tomizilgan
xloroform yaxshi samara beradi. Neftning engil fraksiyalari (300
0
S gacha bo’lgan
temperaturada qaynaydiganlari) hamda parafinlar lyuminestsentlanmaydi. Moy havo
rang-ko’k, smola sarg’ish-qo’ng’ir (qattiq yoki yumshoq holatdagisi) yoki havo rang-
sariq (eritmasi), naften kislotalari ― kul rang-havo rangda jilolanadi. Ushbu usul
yordamida jinsdagi bitum miqdorini 0,005% va undan yuqori bo’lganda aniqlash
mumkin.
Ayrim
uyumlar
chegarasidagi
neftning
lyuminestsent
ko’rsatkichlari
o’zgaruvchan bo’lganligidan quduqlar kesimini neftning ushbu belgilari asosida
o’zaro taqqoslash mumkin va u murakkab ish sanaladi. U yoki bu hududning neft-
gazga istiqbolliligini baholashda tarkibida bitum bo’lgan jinslarning lyuminestsent
tavsifi ma’lumotlari muhim hisoblanadi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə