Geologiyasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə15/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   273
Geologiyasi (1)

Spora-gulchangli tahlil.

Metod turli yotqiziqlarda uchraydigan sporalar (gulsiz


o’simliklarning va ba’zi bir hujayrali jonivorlarning urchish organi) va gulchang
(o’simlikning erkak jinsi hujayralari)ni aniqlash va o’rganish bilan shug’ullanadi.
Sporalar majmuasini hamda gulchangini va ularning foizdagi nisbatini
o’rganilayotgan yotqiziqlar hosil bo’lgan zamonda yashagan o’simliklarning
taxminiy tarkibini tadqiq qilish orqali aniqlash mumkin. Sporalar va gulchangni



18
o’rganish natijasida turli o’simliklarning gulchangliligini, spora va gulchangini


saqlanganlik darajasini, ularning qanchalik uzoqqa olib borib yotqizilganligini va
sh.k.larni tiklash va tasavvur etish mumkin. O’simliklar qoldiqlarini jinslarning
qatlanishi bo’yicha o’zgarishi to’g’risidagi statistik tavsifi
spektr
(sporali, gulchangli
yoki spora-gulchangli)
tahlil
deb ataladi.
Spora-gulchangli tahlil qatlamlar ichida fauna va flora qoldiqlari uchramaganda
ahamiyatga ega. Undan asosan kontinental yotqiziqlarni o’rganishda foydalaniladi.
Spora va gulchangi deyarli hamma turdagi kontinental yotqiziqlarda uchraydi. Bu
metod yotqiziqlar kesimini genetik turlarga ajratishda va ayniqsa paleogeografik
sharoitlarni tiklashda ishlatiladi.
Spora-gulchangli
tahlil
uchun
olinayotgan
jins
namunalari
tashqi
aralashmalardan tozalangan bo’lishi lozim.
Jinslarning karbonatliligini tekshirish.

Ohaktosh, dolomit, dolomitlashgan


ohaktosh va boshqa karbonat jinslarni tashqi belgilariga qarab bir-biridan ajratish
qiyin. Geolog-Olim L.G.Berg bunday jinslarni farqlashda gaz-volyumetrik tahlildan
foydalanishni taklif etdi. Uning fikricha, tahlil uchun olingan moddaning umumiy
miqdori ma’lum bo’lgach, jinsdan aniq bir temperaturada ajralib chiqayotgan gaz
hajmini va shu gazdan ajralayotgan moddaning miqdorini aniqlash ushbu metodning
asosiy mazmunini tashkil etadi. Turli temperaturalarda ajralayotgan gazlar hajmining
nisbati ushbu temperaturalarda gazdan ajralgan komponentlarning foizdagi nisbatini
hisoblab topish imkonini beradi. Masalan, tarkibida gips, siderit va erkin magnezit
bo’lgan dolomit o’rganilganda temperaturaning beshta bosqichi tekshiriladi, buning
uchun beshta pechkadan foydalaniladi.
Temperaturaning birinchi bosqichida
gips parchalanib undan kristallashgan suv
ajralib chiqadi, bunda temperaturaning yuqori darajasi 300
0
S ga etadi.
Temperaturaning ikkinchi bosqichida 
siderit parchalanib, undan karbonat kislota
ajralib chiqadi, bunda temperaturaning yuqori darajasi 560
0
ga etadi, qizdirish 600
0
S gacha davom ettiriladi.
Temperaturaning uchinchi bosqichi 
dolomit aralashmagan magnezitni
parchalashga xizmat qiladi, undan karbonat kislota ajralib chiqadi, bunda temperatura
650
0
S ga etadi, qizdirish 700
0
S gacha davom etadi.
Temperaturaning to’rtinchi bosqichi
dolomit tarkibiga kiruvchi magnezitni
parchalash paytida zarur bo’lib, temperatura 750
0
S ga etkazilganda undan karbonat
kislota ajralib chiqadi, qizdirish 800-820
0
S gacha davom etadi.
Temperaturaning beshinchi bosqichi
dolomit tarkibiga kiruvchi va erkin kaltsitni
parchalashga mo’ljallangan, uning parchalanishi temperatura 1000
0
S ga etganda
boshlanadi, qizdirish 1050-1100
0
S gacha davom etadi.
Gaz-volyumetrik
tahlil
yordamida
jinslarning
karbonatli
qismi
komponentlarining nisbiy yoki mutlaq miqdorini aniqlash mumkin. Nisbiy tahlilda
dolomit va kaltsit jinslarning karbonat qismining asosiy komponentlari nisbati
aniqlanadi. Bu nisbat, ya’ni ularning dolomitlashish darajasi molekulyar yoki
molekulyar massa ko’rinishida foizda ifodalanadi. Mutlaq tahlil jinslarning u yoki bu
komponentlari miqdorini aniqlash maqsadida bajariladi va massa birliklarida



19
ifodalanadi. Uning yordamida jinslardagi dolomit va kaltsit miqdorini aniqlashdan


tashqari ularning boshqa tarkibiy qismlarini ham o’rganish mumkin.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə