Geologiyasi


Mikrofaunalarni o’rganish



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə14/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   273
Geologiyasi (1)

Mikrofaunalarni o’rganish.
Quduqlar kesimini mikrofaunalar ma’lumotlari
bo’yicha o’rganish amaliyotda keng qo’llaniladi. Mikrofaunani jinsdan ajratib olish
uchun namuna maydalanib, yuvilib, quritiladi, so’ng lupali binokulyarda tekshiriladi.
Barcha ko’zga ko’ringan mikrojonzotlar (foraminiferlar, ostrakodlar va b.)
namunadan ajratib olinib, mikrofaunalarni aniqlaydigan jadvallar bilan solishtirib
ko’riladi. So’ngra quduq kesimi bo’yicha asosiy mikrofaunalarning taqsimlanishi
o’rganilib, ular uchraydigan svita va qatlamlar ajratiladi. Kesimni ayrim svita, pachka
va gorizontlarga ajratish mikrofaunalar turining o’ziga xos shakllariga yoki
belgilangan shakllariga hamda ularning miqdorining o’zgarishiga qarab amalga
oshiriladi.
Qattiq jinslarni (ohaktosh, dolomit va b.) burg’ilashda yassi-parallel shliflar
tayyorlanadi. Shliflarga nur tushirib, undagi mikrofauna chig’onoqlari siniqlari va
ularning shakllari aniqlanadi.
O’zbekistondagi konlarda mikrofauna (foraminifer)larni o’rganish 1932 yildan
boshlangan. Tajribalardan ma’lumki, mikrofaunalar tadqiqoti natijalariga ko’ra
quduq kesimida nafaqat svitani, balki kichik intervallar-gorizontlarni ham ajratish
mumkin.
Ushbu metoddan samarali foydalanish uchun avvaldan namunaviy kesim
tuzilishi va mikrofaunalarni o’rganilayotgan jinslarning kesimda taqsimlanish yo’sini
ko’rsatilishi zarur. Ushbu kesim yordamida burg’ilash eritmasidan olingan shlamdagi
mikrofaunani o’rganish mumkin. Olingan ma’lumotlar asosida quduqni burg’ilash
jarayoni nazorat qilinadi. Burg’ilash eritmasi tarkibidagi mikrofauna miqdori uni
quduqqa haydashdan oldin o’rganilishi va aniqlanishi lozim. Mikrofaunalar eritma
tayyorlanayotgan gil jinsdan o’tadi. Bunday mikrofaunalarning o’rganilayotgan
kesimda taqsimlanishini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Mikrofauna metodi bilan tadqiqotlar olib borish kesimda fauna uchramaganda
yanada ahamiyatlidir. Olingan ma’lumotlar geolog-neftchiga quduq kesimini
o’rganishda va jinslarning nisbiy yoshini aniqlashda zarur.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə