Geologiyasi


-bob NEFT VA GAZNING ISTIQBOLLI (S



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə269/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   273
Geologiyasi (1)

20-bob
NEFT VA GAZNING ISTIQBOLLI (S
2
TOIFA) 
ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARI,
BASHORAT QILINGAN VA POTENTSIAL
ZAXIRALARNI BAHOLASH 

Neft-gazning istiqbolli hisoblash va bashorat zaxiralarini baholash, neft va gaz


sanoatining rivojlanishini rejalashtirish, uyumlarni razvedka qilish va ishlatishga
ajratiladigan kapital mablag’ hajmini aniqlash imkonini beradi.
Neft va gaz genezisi masalalari hamda ularning uyumlarining hosil bo’lishi va
tarqalishi hali etarli darajada o’rganilmagan, shuning uchun hududning neft-gazlilik
istiqbolini baholash neft va gaz uyumlarining yer qobig’ida taqsimlanish
qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlarni hisobga oluvchi umumiy geologik
mulohazalarga asoslanadi.
Hozirgi vaqtga kelib, neft-gazlilikning taqsimlanishining faqat ayrim umumiy
qonuniyatlari o’rganilgan. Geosinklinal oblastlarda neft va gaz to’planadigan
regional zonalar asosan ularning chekka qismlariga to’g’ri keladi, ayrim zonalar esa

shu oblastlarning cho’kkan hamda tog’lararo botiq qismlarida joylashgan.
Platformalarda neft-gaz to’planadigan zonalarning qonuniy joylashishida yirik
tektonik elementlar katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bu yerda bunday zonalar asosan
gumbazli ko’tarilmalar yonbag’irlarida joylashgan bo’lsa, neft-gaz to’planish
zonalarining bir qismi platforma botig’i hamda chekka botiqliklar yonbag’irlari bilan
bog’liq.
Neft va gaz uyumlarining taqsimlanishiga kelsak, hozirgi vaqtda ularning faqat
quyidagi strukturalarga bog’liqligi aniqlangan:
1) yer po’stining nisbatan ko’tarilgan uchastkalari

uzulishlar, nomosliklar,
qiyiqlanish va h.k.lar bilan to’silgan antiklinal ko’tarilmalar va tutqichlarga;
2) o’tkazmaydigan jinslar (qatlam) ostida yotuvchi, suyuqlik va gazni
o’tkazuvchan g’ovakli va darzli jinslarga;
3) tog’lararo botiq va tog’oldi egilmasiga, tog’oldi egilmasiga qaragan platforma
yonbag’irlariga, chekka va ichki chuqur platforma botiqliklariga, gumbazli
ko’tarilmalarga va ularning yonbag’irlariga va h.k.
Neft va gaz hosil bo’lishining noorganik nazariyasi tarafdorlari bunday
qonuniyatlarga quyidagilarni kiritadalar:
1) agar neft va gaz neft-gazli hudud kesimining yuqori gorizontlarida bo’lsa, ular
barcha pastki gorizontlarida ham har doim uchraydi.
2) neft-gazlilik chuqur yer yoriqlari bilan bog’liq.
Istiqbolli zaxiralar (C
2
toifa) tavsifi O’zbekiston Respublikasining Davlat
Zaxiralar Komissiyasi yo’riqnomasida berilgan (17-bob 17.3. mavzuga qarang).
Neft va gazning bashoratli zaxiralarini miqdoriy baholashning umum qabul
qilingan metodi hozircha ishlab chiqilmagan. SHuning uchun ham neft va gaz
zaxiralarini bashoratli baholashning aniqligi bir qator omillarga bog’liq. Hozirgi



436
vaqtda ma’lum bo’lgan gaz va neft konlarining tarqalish qonuniyatlarini rejali va


chuqur o’rganish asosida bunday metodni yaratishga va takomillashtirishga katta
e’tibor berilmoqda.
Bashorat zaxiralarni baholashda istiqbolli maydon bilan razvedka qilingan
maydon oralig’idagi o’xshashlik (anologiya) metodi asos bo’lib xizmat qiladi. Bu
metod geologik-razvedka ishlari va geologik-konchilik tadqiqotlari ma’lumotlariga
asoslanadi. Buning uchun dastlab qazilgan va o’rganilgan konlardagi turli tektonik
elementlar bo’yicha ko’tarilmalar zichligi, neft va gaz uyumlarining yotish
sharoitlari, kesim bo’yicha zaxiralar zichligining o’zgarishi va h.k.larni tavsiflovchi
dastlabki ayrim etalon qiymatlarni olish zarur.
Razvedka qilingan konlardagi neft va gaz zaxiralarining va uyumlarning
joylashishini o’ziga xos xususiyatlarini geologik jihatdan har tomonlama o’rganish
ularga o’xshash istiqbolli maydonlarni o’rganishda asos qilib olinadi. O’rganilib,
razvedka qilingan maydonlarda etalon sifatida olingan ko’pgina ko’rsatkichlar
istiqbolli maydonlarda yo’q bo’lishi mumkin, lekin bu tadqiqotchini ikkilantirmasligi
kerak, chunki qo’llanilayotgan ko’rsatkichlar bir-biri bilan o’zaro majmuaviy
bog’liqligi tufayli ularning ayrimlarini bilish boshqalarini baholash uchun imkon
yaratadi.
Qayd qilingan etalon ko’rsatkichlardan konni o’ziga xos geologik tuzilishini
bilgan holda foydalanish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bunday holatda
mavhum va rasmiy hisoblashlarni ishga solmasdan, istiqbolli maydonlar bo’yicha
geologik ma’lumotlardan to’liq foydalanish kerak bo’ladi.
Neft va gaz zaxiralari bo’yicha belgilangan toifalarga mansub bo’lmagan
zaxiralar bo’yicha turli qarashlar mavjud. Istiqbolli neft-gazlilikni miqdoriy baholash
bo’yicha Davlat Zaxiralar Komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan metodik
qo’llanmaga (1984) muvofiq
potentsial zaxira
(resurs)
lar 
deganda, oldindan ma’lum
bo’lgan konlardan flyuid chiqarib olish boshlanishiga qadar mavjud bo’lgan sanoat
ahamiyatiga molik neft va gaz zaxiralarining hamda istiqbolli va bashorat
zaxiralarining umumiy miqdori, ya’ni oldin qazib olingan neft hajmi yig’indisi va
razvedka qilingan (A+B+C, toifalari), istiqbolli (C
2
toifa) hamda bashoratli zaxiralar
(D guruhi) tushuniladi.
Bashoratli zaxiralar guruhida ularni baholash uchun yuqorida qayd qilingan
qo’llanmaga muvofiq ikkita kichik D
1
va D
2
guruhlari ajratiladi.
D
1
kichik guruhi

neft va gaz uyumlarining bashoratli zaxiralari bo’lib, ular
quyidagi tutqichlarda uchrashi mumkin:
1) strukturali tutqichlar: 
a) chuqur burg’ilashga tayyorlangan, lekin neft va gaz zaxiralari C
2
toifaga
kiritilishi mumkin bo’lmagan;
b) geologik va geofizik tadqiqotlar ma’lumotlari bo’yicha aniqlangan;
v) qo’shni, yaxshi o’rganilgan (etalon) hududlardagi lokal ko’tarilmalarning
tarqalish qonuniyatlari asosida taxmin qilinadigan;
2) litologik va stratigrafik tutqichlar: 
a) bashorat qilinadigan maydonlarda bajarilgan geologik va geofizik tadqiqotlar



437
ma’lumotlari bo’yicha belgilangan;


b) geologik tuzilishi yaxshi o’rganilgan (etalon) hudud bilan bashorat
qilinadigan hududlarning geologik tuzilishini taqqoslash asosida qayd qilingan
tipdagi tutqichlarning neft-gazliligi taxmin qilingan.
D
2
kichik guruhi

neft-gazliligi geologik tuzilishining o’xshashligi bilan
belgilangan yirik tektonik strukturalar (birinchi tartibli strukturalar) hamda neft-
gazliligi isbotlangan hududlar chegarasidagi ayrim svitalarning litologik-stratigrafik
komplekslarida hisoblangan neft va gazlarning bashorat zaxiralari bo’lib, ularni
hududning geologik o’rganilganlik darajasiga ko’ra D
1
kichik guruhiga kiritib
bo’lmaydi.
D
2
kichik guruhiga quyidagi tektonik elementlarda joylashgan neft va gaz
uyumlarining bashoratli zaxiralarini kiritish kerak:
1) neft-gazliligi isbotlangan yirik tektonik strukturalar (birinchi darajali
strukturalar)da, ularni D
1
kichik guruhiga kiritib bo’lmagan hollarda:
a) hisoblash sanasiga mahsuldorligi belgilanmagan, neft-gazliligi ehtimoli
bo’lgan litologik-stratigrafik komplekslarda;
b) burg’ilashlar bilan aniqlanmagan, katta chuqurlikka cho’kkan regional
mahsuldor litologik-stratigrafik komplekslarda;
v) neft-gazliligi taxmin qilinadigan regional tarqalgan litologik-stratigrafik
tutqichlar zonalarida.
2) neft-gazliligi taxmin qilinadigan hududlarda D
2
kichik guruhiga ushbu yirik
tektonik strukturada neft-gazliligi hali isbotlanmagan va litologik-stratigrafik
komplekslarda hisoblangan bashorat zaxiralarini kiritish lozim. Geologik tuzilishi va
rivojlanishi, neft-gazliligi avvaldan isbotlangan va yaxshi o’rganilgan hududlarni
unga o’xshash tektonik strukturalardagi zaxiralarini taxmin qilish mumkin.
M.A. Jdanovning fikricha, VNIGNI tasnifi (1970) aniq va mantiqiy emasligi
bilan farqlanadi. Uning tomonidan istiqbolli (S
2
toifadan tashqari), alohida bashorat
va potentsial zaxiralar ajratilishi taklif qilingan.
Bashorat zaxiralarga neft-gazliligi geologik mezonlar asosida baholanishi
mumkin bo’lgan hududlardagi zaxiralarni kichik guruhlarga bo’lmasdan kiritish
mumkin:
a) mufassal tadqiqotlar asosida o’rganilmagan, neft-gazliligi ma’lum bo’lgan
yoki taxmin qilinadigan oblast (provintsiya)lar;
b) regional tadqiqotlar asosida o’rganilgan svitalarning neft-gazliligi ijobiy
baholanayotgan hududlarda;
v) neft-gazli hududlarda joylashgan tektonik bloklar chegarasida hali
burg’ilanmagan maydonlarda.
Potentsial zaxiralarga regional geologik va geofizik tadqiqotlar olib borilmagan,
neft-gazlilik to’g’risidagi geologik mezonlari bo’lmagan, neft-gazliligi faqat umumiy
geologik mulohazalar (katta chuqurliklarda, akvatoriyalarda, yangi va o’rganilmagan
hududlarda) asosida belgilangan hududlardagi zaxiralarni kiritish mumkin.
Istiqbolli, bashorat va potentsial zaxiralarni hisoblash metodikasi va ularni
baholash turlicha bo’ladi.



438



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə