Geologiyasi


 BASHORAT QILINADIGAN ZAXIRALARNI BAHOLASH



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə271/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   273
Geologiyasi (1)

20.2. BASHORAT QILINADIGAN ZAXIRALARNI BAHOLASH 

O’rganilayotgan hududdagi bashorat qilinadigan neft (yoki gaz) zaxiralarini


baholash maqsadida eng oldin quyidagi geologik mezonlar asosida hududda neft-
gazli yotqiziqlarning tarqalishi uchun qulay sharoitlar yuzaga kelganligini baholash
kerak:
1) tektonik sharoitlar va lokal strukturalarning borligi yoki yo’qligi;
2) yotqiziqlarning hosil bo’lishi va shakllanishida paleogeografik sharoitlarning
mavjudligi va ularning stratigrafik kesimi;
3) jinslarning litologik-fatsial xususiyatlari va cho’kindi to’planish sharoitlari;
4) gidrogeologik va gidrokimyoviy ko’rsatkichlar;
5) geokimyoviy ko’rsatkichlar;
6) qo’shimcha geologik ko’rsatkichlar;
7) neft va gaz uyumlarining hosil bo’lish sharoitlari va joylashishi;
8) jinslarning kollektorlik xususiyatlari;



440
9) tutqichlarni hosil bo’lish sharoitlari;


10) neft va gaz uyumlarining saqlanib qolish va buzilib ketish sharoitlari;
11) jinslarning metamorfizmga uchrashining neftlilik va gazlilikka ta’siri va h.k.
Qayd qilingan ma’lumotlar asosida hududning sifat tafsilotlariga oid bashoratli
xaritalari tuziladi. Bunday xarita hudud uchun tuzilgan umumiy tektonik
rayonlashtirish xaritasi asosida tuziladi.
Yuqorida qayd etilgan geologik mulohazalar asosida xaritada istiqbolliligi turli
darajada bo’lgan maydonlar ajratilishi lozim va ularning taxminiy tasnifi keltirilishi
kerak (20.1-jadval).
Shundan so’ng bashorat qilinadigan zaxiralarni miqdoriy baholashga o’tish
mumkin.
Oldin ko’rsatilganidek, neft va gazning istiqbolli zaxiralarini hisoblashni umum
qabul qilingan yagona metodikasi yo’q. Lekin barcha qo’llaniladigan usullar
mazmuniga ko’ra u yoki bu darajada geologik o’xshashlik tamoyillaridan kelib
chiqadi. SHu o’rinda jiddiy hisoblashlarda qo’llaniladigan eng muhim ko’rsatkich
sifatida solishtirma zaxiralar (zaxiralar zichligi) qabul qilingan. Bu ko’rsatkich
o’rganilgan va razvedka qilingan maydonda oldindan hisoblangan neft uchun km
2
ga
tonnalarda va gaz uchun km
2
ga
kub metrlarda (yoki qandaydir boshqa birliklarda,
masalan, 1 m mahsuldor qatlam qalinligiga to’g’ri keladigan va b.) ifodalanadi.
20.1-jadval

Maydonning istiqbolli
xususiyatlari
Neft-gazlilikning geologik mezonlari va neft-gaz uyumlarining hosil
bo’lish sharoitlari
I
Nihoyatda istiqbolli
Strukturalar va tutqichlar mavjud, jinslarning qulay litologik-fatsial
tavsifi va ularning kollektorlik xususiyatlari belgilangan; bevosita
qulay geokimyoviy va gidrokimyoviy ko’rsatkichlar bor; qulay
paleogeografik ko’rsatkichlar va neft-gaz uyumlarini hosil bo’lishi va
saqlanib qolishi uchun paleogeologik sharoitlar mavjud va h.k.
II
Istiqbolli
Strukturalar va tutqichlar bor; jinslarning qulay litologik-fatsial
tavsifi va ularning kollektorlik xususiyatlari belgilangan; neft va gaz
uyumlarining hosil bo’lishi va saqlanib qolishi uchun qulay
sharoitlarning iloji borligi haqida dalolat beruvchi geokimyoviy va
gidrokimyoviy ko’rsatkichlarning faqatgina ayrim bilvosita
ma’lumotlari bor va h.k.
III
Kam istiqbolli
Ayrim qulay belgilar

struktura va kollektorlar borligi bilan bir
qatorda noqulay ko’rsatkichlarga ham ega: strukturalar qisman
ochilgan, neft va gaz uyumlarining qisman buzilganligidan dalolat
beruvchi kuchli buzilish-lar; jinslarning kollektorlik xususiyatlarini
yomonlashtiruvchi
metamorfizatsiya
hodisasiga
uchraganligi
kuzatiladi va h.k.
IV
Istiqbolli emas
Qulay strukturalar yo’q; neft va gaz uyumlarining buzilishini aniq
geokimyoviy va gidrokimyoviy ko’rsatkichlari mavjud, neft va gaz
uyumlarini hosil bo’lishi uchun noqulay paleogeografik sharoitlar
yuzaga kelganligi haqidagi dalolatlar bor; jinslarning kuchli
metamorfizmga uchraganligi kuzatiladi va h.k.
V
Istiqbolligi noaniq bo’lgan Neft-gazlilikning geologik mezonlari va neft-gaz uyumlarining hosil



441
maydonlar


bo’lish sharoitlari noaniq yoki etarli darajada aniqlanmagan.
Faqatgina strukturalar va kollektorlarning bo’lishi mumkinligi
haqidagi umumiy ma’lumotlar va cho’kindilar hosil bo’lishining
paleogeografik sharoitlari haqidagi umumiy mulohazalar bor xolos.
Razvedka qilingan maydon uchun hisoblangan solishtirma zaxiralar qiymatidan
turli metodlar bilan bashorat qilinadigan zaxiralarni hisoblashda foydalanish
mumkin.
Razvedka qilingan rayonlarda yaxshi o’rganilgan kon (gorizont)lar bo’yicha
birlik (m
2
, km
2
) maydon (yoki hajm) uchun hisoblangan o’rtacha solishtirma
zaxiralarni hisoblashning o’xshashlik metodi keng tarqalgan bo’lib, uni geologik
tuzilishi o’xshash bo’lgan va bashorat qilinadigan hududlarda etalon metod sifatida
qo’llash mumkin.
O’xshashlik metodining (qiyosiy geologik tahlil) asosini etalon va
baholanayotgan hududlarning geologik rivojlanish tarixini, tektonik holatini, lokal
strukturalarning tuzilishini, cho’kindi jinslar majmuasining litologik tarkibini va
fatsial xususiyatlarini, ularning qalinligini, yoshini va h.k. larning o’ziga xosligini,
o’xshashligini va farqlanishini aniqlash tashkil qiladi. Ushbu hududlar o’rtasidagi
o’xshashlikni taqqoslash qancha chuqur va to’laroq olib borilgan bo’lsa va ularning
geologik tuzilishida qanchalik ko’p o’xshashlik aniqlansa, neft va gaz zaxiralarini
bashoratli baholash shuncha ishonchli bo’ladi.
O’rganilgan maydonda neft va gaz zaxiralarini miqdoriy bashoratli baholash
uchun etalon uchastka tanlanadi, u geologik tuzilishi va neft-gazni joylashish
sharoitiga ko’ra baholanayotgan maydonga juda o’xshash bo’lishi zarur. Bunday
etalon uchastka uchun neft-gaz zaxiralari, neftlilik maydoni va mahsuldor yotqiziqlar
(neft va erkin gazlar uchun alohida-alohida bo’lgan) hajmi aniqlanadi.
Qayd qilingan ma’lumotlar asosida etalon uchastka bo’yicha maydon birligiga
va neft yoki erkin gazi bo’lgan jinslar

kollektorlar hajm birligiga zaxiralar zichligi
aniqlanadi.
Bu ma’lumotlardan keyinchalik quyidagi nisbatlar bo’yicha bashoratli
hududdardagi neft yoki gaz zaxiralarini hisoblashda foydalaniladi.
1. Agar ma’lum bir maydon birligigada hisoblash birligi sifatida zaxiralar
zichligi qabul qilinsa, unda
Q=Fqk,
(20.3)
bunda Q

baholanayotgan hududdagi neft yoki gaz zaxiralarini miqdoriy
baholash, mln.t neft yoki mlrd.m
3
gaz; F

baholanayotgan hududning umumiy
maydoni, km
2
; q

razvedka qilingan (etalon) maydon birligiga to’g’ri keladigan neft
yoki gaz zaxiralarining o’rtacha zichligi, mln.t/km
2
yoki mlrd.m
3
/km
2
; k

razvedka
qilingan va baholanayotgan maydonlarning geologik tuzilishidagi yoki neft-
gazliligidagi farqni hisobga oluvchi o’xshashlik darajasiga kiritiladigan umumiy
tuzatish koeffitsienti. Uning qiymati hududni o’rganilganlik darajasini hisobga olgan
holda neft-gazlilikning dastlabki mezonlarini tahlil qilish asosida aniqlanadi.
2. Agar hisoblash birligi sifatida tarkibida neft va gaz bo’lgan jinslar-kollektorlar
hajmi birligiga to’g’ri keladigan zaxiralar zichligi qabul qilinsa, unda



442


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə