Geologiyasi


 GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASH METODINI TANLASH



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə266/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   273
Geologiyasi (1)

19.4. GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASH METODINI TANLASH 

Gaz zaxiralarini hisoblash metodini tanlashda uyumni razvedka qilinganlik


darajasi va uning ishlash rejimi hisobga olinadi.
Zaxiralarni hajmiy metod bo’yicha hisoblash uyumni razvedka qilishning har
qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Bosim pasayishi metodidan
foydalanish uchun quduqni sinash ma’lumotlariga ega bo’lish zarur. Sinov
ishlatishning davomiyligi har bir aniq holatda bosim pasayishi metodi bo’yicha
zaxiralarni hisoblashni asoslovchi dastlabki ishonchli ma’lumotlarni belgilangan
muddatlarda olish imkoniyatini hisobga olib belgilanadi.
Bunda quyidagi ma’lumotlar olinishi kerak:
1) ma’lum bir vaqt davomida chiqarib olinadigan gaz miqdori haqidagi aniq
ma’lumotlar;
2) o’sha vaqt davomida quduqlar bo’yicha qatlam bosimini namunali
manometrlar bilan o’lchash natijalari haqidagi barcha ma’lumotlar;
3) zaxiralarni hisoblash sanasiga qatlam bosimining asoslangan o’rtacha
qiymatlari;
4) gorizontni ishlash rejimi va suvlilik chegarasining siljish dinamikasi haqidagi
ma’lumotlar.
Agar yirik konlarda bosim 0,15-0,20 MPa ga pasayganligi haqida ma’lumotlar
to’plangan bo’lsa, u holda gaz zaxiralarini bosimning pasayishi metodi bo’yicha
baholash tavsiya etilmaydi. Qatlam bosimining shunday kichik qiymatga pasayishida
gaz uyumi depressiya bilan qisman qamrab olinishi mumkin, shu bilan birga



430
jinslarning fatsial o’zgaruvchanligi sezilarli bo’lsa, zaxiralarni hisoblashda xatoga


yo’l qo’yiladi. Bu holatda qatlam bosimining birlik ulushiga pasayishida chiqarib
olinayotgan miqdorining o’zgaruvchanligi (doimiymasligi) uyumning depressiya
bilan to’liq qamrab olinmaganligining ko’rsatkichi hisoblanadi.
Qatlamni ishlash rejimi nuqtai nazaridan qaralganda shuni ta’kidlash lozimki,
hajmiy metodni qatlamning har qanday rejimida qo’llash mumkin. Bosimning
pasayishi metodidan faqat gaz rejimida (erigan gaz rejimida) samarali foydalanish
mumkin. Suv bosimli (gaz-suv bosimli) rejim uchun metodni samaradorligi keskin
kamayadi, samarali suv bosimli rejimda esa metodni qo’llanilishi umuman mumkin
emas.
Bosim pasayishi bo’yicha zaxiralarni hisoblash metodidan foydalanish imkonini
tekshirish uchun uyumni ishlashning turli davrlarida bosimning 0,1 MPa ga
kamayishiga uyumdan olingan gaz miqdorini (ideal gazlar holati qonunidan og’ishiga
kiritiladigan tuzatishni hisobga olib) hisoblash kerak bo’ladi. Agar olingan natijalar
mos kelsa (ya’ni, qatlamni ishlatishda uning ayrim oraliqlaridan olinadigan gaz
miqdori bosimning 0,1 MPa ga pasayishida teng bo’lsa), bosim pasayishi metodini
qo’llash mumkin. Uyumni ishlatishning keyingi davrlarida bosimning 0,1 MPa ga
pasayishiga chiqarib olinadigan gaz miqdori ko’payib borsa, u holda qatlamda
bosimli suv borligidan va gaz hajmining bir qismi shu bosim hisobiga siqib
chiqarilishidan darak beradi. Bunday holatda bosim pasayishi metodini qo’llashda
(19.6) formuladan foydalanish kerak.
Agar uyum hajmini aniqlash uchun ma’lumotlar etarli bo’lmasa, gaz zaxirasini
hisoblashni yuqorida ko’rsatilganidek, (11-bob, 11.1 mavzuga qarang) grafik usulda,
ya’ni r
o’r
/z bilan qatlamdan olingan gazning umumiy miqdori oralig’idagi bog’liqlik
bo’yicha bajarish mumkin. Bunda r
o’r
qiymati turli sanalarda o’lchangan quduqlar
debitlari bo’yicha aniqlanadi:
i
i
i
i
i
q
q
p
p
1
1
r
o'



,
(19.13)
bunda p
i

quduqlar og’zi bir minutga yopilgandan so’ng o’lchangan statik
bosim, MPa; q
i

quduqning og’zi bir minutga yopilishidan oldingi debiti, m
3
.
Har xil tarkibli jinslardan tarkib topgan qatlam (riflar) uyumlari uchun r
o’r
ni
aniqlash juda murakkab, chunki bunday uyumlarda qatlam bosimi turlicha pasayadi
va ba’zi quduqlarda 3-6 MPa ga farqlanadi. Ba’zan qo’shni quduqlar uzoq vaqt
ishlatilganda ham ayrim quduqlardagi boshlang’ich bosim saqlanib qoladi. Bu
holatda gaz zaxiralar har bir quduqning debiti bo’yicha hisoblanib so’ngra ushbu
quduqlar bo’yicha hisoblangan zaxiralarning yig’indisi olinadi. Amalda bunday
metod litologik tarkibi qisqa masofada keskin o’zgaradigan kollektorlar uchun ozmi-
ko’pmi aniq ma’lumotlar beradi, bunda har bir quduq alohida linza va bloklarni
drenajlaydi.



431
Quduqlar debitlari bo’yicha qoldiq gaz zaxiralarini hisoblash uchun ikkita har xil


sanalarda quduq bo’yicha o’lchangan ma’lumotlar bo’lishi zarur: birinchi va ikkinchi
sanada o’lchangan quduq tubi bosimi (og’zi yopiq quduqda minut davomida olingan
o’lchov ma’lumotlari)

r
1
va r
2
; o’sha sanalarda uyumni ishlatish boshlanganidan
beri chiqarib olingan gazning umumiy miqdori - Q
1
va Q
2
; o’sha sanalarda
aniqlangan gazning o’rtacha sutkalik miqdori (erkin debitda) - q
1
va q
2
.
Unda quduq bo’yicha qoldiq gaz zaxirasi quyidagi nisbatlardan biri bo’yicha
aniqlanishi mumkin:
2
2
1
1
2
2
1
2
)
(



p
p
p
Q
Q
V



;
(19.14)
bunda

1
va

2
- r
1
va r
2
bosimlar uchun tegishlicha ideal gazlar holati
qonunidan og’ishga kiritilgan tuzatish;
2
1
2
1
2
)
(
q
q
q
Q
Q
V



.
(19.15)
Bunday hisoblashlar ayrim quduqlar uchun faqat foydalanish quduqlari
qatlamlar bo’yicha to’liq burg’ilanib bo’lingandan so’ng qo’llanilishi mumkin. Yangi
quduqlar burg’ilanganda quduqlarni o’zaro ta’sirlanish hodisasi va qatlamda gaz
siljishi sharoitlari uyumda bosim qayta taqsimlanishi munosabati bilan shunchalik
murakkab bo’ladiki, gaz zaxirasini bu usul bilan hisoblangan qoldiq qiymatini juda
ham noaniqligi ayon bo’ladi.
(19.14) va (19.15) formulalarning o’zaro nisbatlari bo’yicha olingan qiymatlarni
va quduq bo’yicha aniqlangan qoldiq gaz zaxiralarining miqdorini taqqoslash orqali
olingan qiymatlar bajarilgan hisob-kitoblar aniqligining belgilovchi mezon bo’lib
xizmat qiladi.
Barcha quduqlar bo’yicha aniqlangan qoldiq zaxiralar yig’indisi hisoblash
sanasiga uyum bo’yicha qoldiq gaz zaxiralarini aniqlash imkonini beradi.
Karbonatli va darzli zich qumtoshlarda odatda o’rtacha qatlam bosimini to’g’ri
aniqlash uchun zarur bo’ladigan uyum hajmi parametrlarini hisoblash qiyin kechadi.
Bu holatda, gaz zaxiralarini yuqorida qayd qilinganidek, grafik usulda yoki tegishli
ma’lumotlar borligida material balans metodi yordamida aniqlash kerak.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə