Geologiyasi


 GAZ KONDENSATI KONLARIDA KONDENSAT



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə267/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   273
Geologiyasi (1)

19.5. GAZ KONDENSATI KONLARIDA KONDENSAT 
ZAXIRALARINI HISOBLASH 

Gaz kondensati konlarida gaz zaxiralarini hisoblash gaz uyumlari uchun


qo’llanilgan (hajmiy va bosim pasayishi) metodlari bilan bajariladi. Gaz zaxiralari
aniqlagandan so’ng 1 kub metr gazga to’g’ri keladigan kondensatning o’rtacha
miqdori grammlarda aniqlanib, so’ngra kondensat zaxiralari hisoblanadi. Dastlab
kondensat miqdori qatlam sharoitlarida hisoblanadi, so’ngra turli separatsiya
rejimlarida cho’kib qoladigan barqaror kondensat miqdori va uning fraktsion tarkibi
va zichligi aniqlanadi.



432
Ma’lumki, metanga yuqori uglevodorodlar qo’shilganda ko’pgina holatlarda


aralashma hajmi o’sha temperatura va bosimda ko’paymay, balki metan hajmidan
kam bo’lar ekan. Bu hodisa ko’pincha gazda pentanlar miqdori 5-10% dan ko’proq
miqdor bo’lganda va mutlaq bosimda 35 MPa dan oshmaganda kuzatiladi. Gaz
kondensati uyumlaridagi gazlarda pentan va yuqori uglevodorodlar miqdori 1 dan
5% gacha, bosim esa ba’zan 35 MPa dan yuqori bo’lganda «manfiy hajm» qiymati
gaz zaxiralarini odatdagi metodlar bilan hisoblash aniqligiga deyarli ta’sir qilmaydi
(xatolik 0,2 dan 1% gacha).
Barqaror kondensatning balans zaxiralari uyumdagi gazning balans zaxiralari
ma’lumotlari bo’yicha massa birliklarida quyidagi nisbati bo’yicha aniqlanadi:
R
ρ
V
Q
к
0

0
(19.16)
yoki
к
0
0
q
ρ
V
Q

,
(19.17)
bunda Q
0
- standart sharoitlarda barqaror kondensatning boshlang’ich balans
zaxiralari, m
3
; V
0
- ctandart sharoitlarda gazning boshlang’ich balans zaxiralari
(kondensat bilan birgalikda), m
3
;

k
- barqaror kondensat zichligi, t/m
3
; R - ctandart
sharoitlarda o’rtacha boshlang’ich gaz kondensati omili, m
3
/m
3
; q - standart
sharoitlarda barqaror kondensatning gazdagi o’rtacha boshlang’ich miqdori, m
3
/m
3
.
Tajriba ma’lumotlari bo’yicha aniqlangan (kondensat bilan hisoblanganda)
kondensat bera olish koeffitsienti miqdori 0,75 ga etadi, qatlam bosimini saqlash
bilan uyum oqilona ishlatilganda kondensat bera olishni 0,9-0,92 gacha ko’tarish
mumkin.
Shuni nazarda tutish kerakki, gaz kondensati uyumlaridan foydalanishda qatlam
bosimi pasayishiga ko’ra gazdan o’ta qaynovchi fraksiyalar suyuqlik fazasi tarzida
qisman ajralib chiqadi, shuning uchun ham gaz tarkibi unda o’ta qaynovchi
fraksiyalar kamayishi yo’nalishida o’zgarib boradi. Qatlam bosimi pasayishi
natijasida gazning zichligi va o’ta siqiluvchanlik koeffitsienti o’zgarib boradi.
Shuning uchun gaz zaxiralarini to’g’riroq aniqlash uchun laboratoriya tadqiqotlari
olib borish zarur, bu maqsadda vaqti-vaqti bilan gaz namunalaridan olib turiladi.
Uyumlarda sodir bo’ladigan bunday o’zgarishlarni hisobga olmasdan turib, tarkibida
400-500 sm
3
/m
3
atroflarida suyuq fazasi bo’lgan qatlam gazi uchun o’rtacha qatlam
bosimini aniqlashdagi xatolik 15% ga etadi (r/z nisbati esa - 17% ga yaqin), bunday
xatoliklar, tabiiyki, gaz zaxiralarini to’g’ri aniqlash imkonini bermaydi.
Agar gazdagi suyuqlik fraksiyasi miqdori 150-200 sm
3
/m
3
bo’lsa, o’rtacha
qatlam bosimini (r
sr
) aniqlashdagi xatolik 5% dan kam bo’ladi, bunday holatda r
sr
hisoblashda qatlamda cho’kib qolgan suyuq faza hajmining va gaz fazasi tarkibining
o’zgarishini e’tiborga olmasa ham bo’ladi.
Shunday qilib, gaz kondensati konlaridagi gaz zaxiralarini hisoblashda gazda
gazsimon holatda bo’lgan kondensat ulushini hisobga olish lozim. Chunki, gazsimon
kondensat suyuq faza tarzida ajralib chiqqandan so’ng hisoblangan gaz zaxiralarining
hajmi shu ajralib chiqqan kondensat hajmi hisobiga kamayadi. Bu qiymat gaz



433
zaxiralari katta va gazda kondensatning miqdori yuqori bo’lganda muhim ahamiyatga


ega bo’ladi.
Gaz holatidagi kondensatning gazdagi miqdorini quyidagi nisbat bo’yicha
aniqlash mumkin:
3
0
10
M
4
,
22
Q
V

,
(19.18)
bunda V

standart sharoitlarda qatlam gazidagi gaz fazasi ko’rinishidagi
kondensat miqdori, m
3
; Q
0

kondensatning balans zaxiralari, t; M

kondensatning
molekulyar massasi
1)
.
Qatlam gazida gaz holatidagi kondensat hajmi (standart sharoitlarda) qatlam
gazidagi og’ir yuqori molekulyar uglevodorodlar miqdoriga bog’liq bo’lib (19.18)
formula bo’yicha aniqlanadi.
Masalan, gaz kondensati uyumida gaz zaxiralari 50 mlrd.m
3
barqaror
kondensatning boshlang’ich miqdori 150 g/m
3
bo’lsa, u holatda kondensatning
boshlang’ich zaxiralari 7,5 mln.t ni tashkil qiladi. (19.18) formula yordamida qatlam
gazining gaz fazasidagi kondensat hajmi 1,68 mlrd.m
3
yoki boshlang’ich gaz
zaxirasidan 3% ni tashkil etishini aniqlash mumkin
2)
. Gaz zaxiralari 50 mlrd.m
3
,
barqaror kondensaning boshlang’ich miqdori 500 g/m
3
bo’lsa, kondensat zaxiralari
25 mln.t ga teng bo’ladi. (19.18) formula bo’yicha aniqlangan gaz fazasidagi
kondensat hajmi 5,6 mlrd.m
3
ni, ya’ni boshlang’ich gaz zaxirasining 9% ga yaqinini
tashkil qiladi. Bu miqdorni erkin gaz zaxiralarini hisoblashda e’tiborga olish zarur.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə