Geologiyasi


 ISTIQBOLLI ZAXIRALARNI HISOBLASH METODLARI



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə270/273
tarix30.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#166846
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   273
Geologiyasi (1)

20.1. ISTIQBOLLI ZAXIRALARNI HISOBLASH METODLARI 

C
2


toifa bo’yicha neft va yonuvchi gazlar zaxiralarini hisoblash faqat hajmiy
metod bilan bajariladi.
Yangi strukturalar bo’yicha C
2
toifaga quyidagi neft va gaz zaxiralarini kiritish
mumkin:
a) agar strukturalarning va uning umumiy chegaralari (strukturali, stratigrafik va
litologik tutqichlari) ushbu rayon uchun geologik va geofizik tadqiqotlar metodlari
bilan ishonchli belgilangan bo’lsa; rayonda ushbu strukturalarning o’lchamlari va
shakllarining tasdiqlanganlik darajasi chuqur burg’ilash ma’lumotlari bo’yicha
o’rnatilgan bo’lsa;
b) agar strukturaviy-fatsial va ayrim hollarda burg’ilash ma’lumotlarini tahlil
qilish asosida aniqlangan strukturalardagi kollektorlar suyuqlik o’tkazmaydigan
jinslar bilan qoplangan bo’lishi taxmin qilinsa;
v) agar kollektorlar sanoat ahamiyatiga molik neft yoki gazga to’yinganlik
imkoniyati hamda strukturalarni neft yoki gaz bilan to’lganlik koeffitsienti ushbu
strukturaviy-fatsial zona chegarasida neft va gaz uyumlarining hosil bo’lish
sharoitlarini tahlil qilish asosida yaxshi o’rganilgan konlar bilan taqqoslab asoslansa;
g) quduqni burg’ilash jarayonida neft va gaz oqimi faqat qatlam sinagichlari
yordamida olingan maydonlarda;
d) ushbu neft-gazli provintsiyalarning strukturaviy-fatsial zona chegarasidagi
maydonlarda sanoat miqyosidagi mahsuldorligi boshqa, avval o’rganilgan, geologik
tuzilishi o’xshash bo’lgan konlarda belgilanganda.
C
2
toifali zaxiralaridan yuqori toifalardagi zaxirasi bo’lgan neft va gaz konlarida
hisoblanadi:
a) mahsuldor qatlamlar bo’yicha

zaxiralari yuqoriroq toifalarda baholangan
maydonlarga yondoshgan yirik tektonik blok bo’yicha istiqbolli uchastkalarda;
b) kon-geofizika tadqiqot ma’lumotlari bo’yicha neft-gazliligi taxmin
qilinadigan va quduqlar bilan ochilgan qatlamlarda;
v) mahsuldorligi qo’shni, yaxshi o’rganilgan konlar bilan taqqoslab aniqlangan,
quduqlar bilan ochilmagan qatlamlarda.
Neft va gazning S
2
toifali zaxiralarini hisoblashda quyidagilarni asoslash zarur:
a) qatlamning yotishining geologik-strukturaviy sharoitlarini va litologik
xususiyatlarini tahlil qilish, hisoblash maydonini aniqlash imkonini beruvchi neft-
gazlilik chegaralarini;
b) yangi strukturalarda ularga geologik tuzilishi o’xshash bo’lgan va yaxshi
o’rganilgan konlardan olingan ma’lumotlardan foydalanib hamda ushbu struktura
joylashgan hududning tektonik tuzilishi va fatsiyaning o’zgarish qonuniyatlarini
hisobga olgan holda qatlamning neft-gazga to’yingan qismining qalinligini,
g’ovakliligini va boshqa hisoblash parametrlarini;
v) yaxshi o’rganilgan konlarda esa, qo’shni joylashgan, geologik jihatdan
o’rganilgan uchastkalarniki kabi konlarda

tektonik tuzilishini va jinslarning



439
litologik tarkibini o’zgarishidagi aniqlangan qonuniyatlarini hisobga olib o’rganilgan


parametrlarni asoslash.
Istiqbolli zaxiralarni (C
2
toifa) hisoblash uchun hajmiy metoddan foydalanish
ehtimoliy mahsuldor maydonni aniqlashda juda murakkab hisoblanadi. Shuning
uchun, o’xshashlik metodini qo’llab, quyidagi usulni ishlatish foydali hisoblanadi:
1. Avvaldan ma’lum bo’lgan konda ishlatilayotgan gorizontlari bo’yicha
struktura xaritasida o’rtacha neftlilik maydoni C (bir qator gorizontlar uchun o’rtacha
qiymat sifatida) va geologik xaritada qandaydir tayanch stratigrafik gorizontga mos
keluvchi izogips chizig’i bo’yicha struktura maydoni C
1
o’lchanadi.
Keyin maydonlar nisbati aniqlanadi
1
S
S


.
(20.1)
2. Ushbu rayonda joylashgan konlarning ishlatish gorizontlari bo’yicha
belgilangan

koeffitsienti qiymatlaridan foydalanib, hali razvedka qilinmagan katta
chuqurlikda joylashgan gorizontlarning ehtimoliy neftlilik maydonlarini va yangi
strukturalarning neftlilik maydonlarini aniqlash mumkin bo’ladi.
Buning uchun ushbu stratigrafik gorizontlar chegaralari bo’yicha aniqlangan
yangi strukturaning (yoki chuqurroqda joylashgan istiqbolli gorizontning) maydoni
C
2
topiladi, so’ngra neftliligi taxmin qilinayotgan maydon S
x
quyidagi nisbat
bo’yicha hisoblanadi:
1
2
2
С
С
С
С
С
x



.
(20.2)
Yangi maydonda yaxshi o’rganilgan maydondagiga nisbatan u yoki bu fatsial
o’zgarishlar qayd qilinsa, u holda geologik taxminlar asosida koeffitsient

qiymatiga
tuzatish kiritiladi.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə