Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix22.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#154355
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Muammolar
Professional xizmat ko‘rsatuvchi PWC gigantining hisobotida 33 yil ichida iqti-
sodiyoti eng qudratli maqomiga ega bo‘lishi kutilayotgan mamlakatlar qatorida Ger-
maniya kuchli o‘ntalikda alohida e’tirof etilgan. Ammo bugungi kundagi xalqaro 
maydonda yuzaga kelayotgan muammolar Germaniyaning iqtisodiyotiga ham o’zi-
ning ta’sirini ko’rsatmoqda. Germaniyaning yalpi ichki mahsuloti pasaymoqda, 
mamlakat sanoatiga va eksportiga, ayniqsa AQSH-Xitoy savdo urushi va Breksit 
oqibatlari ta’sir ko‘rsatdi, deya xabar beradi RT. Prognozlarga ko‘ra, mamlakat iqti-
sodiyotida pasayish ehtimoli 43 foizni tashkil qiladi. 2019 yilning ikkinchi choragida 
Germaniya iqtisodiyoti 0,1 foizga tushdi. Agar ushbu tendensiya davom etsa, GFR 
olti yil ichida birinchi turg‘unlikka duch keladi. Shunday qilib, Germaniya yalpi 
ichki mahsulotning o‘sishi o‘sha davrda bir oz o‘sgan Yevro hududining 
“tashqi”laridan biriga aylanmoqda. Fransiya iqtisodiyoti 0,2 foizga, Ispaniya 0,5 
foizga o‘sdi. Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi Gollandiyada ham kuzatildi, uning 
iqtisodiy tuzilishi nemis tuzilmasiga o‘xshash. 


26 
Germaniya iqtisodiyotining tanazzulida sanoat birinchi navbatda aybdor. Ushbu mu-
him sohada unumdorlik 2 foizga pasaygan. Bundan tashqari Germaniya tovarlari 
eksporti 8 foizga pasaydi.
Quyidagi grafikda Germaniya sanoatining yillar davomidagi holatlari, o’sishi kama-
yishi qayd etilgan. Oxirgi holatda esa Germaniya sanoatida pasayish kuzatilgan. 
Germaniya sanoatining pasayishi
17
(11-rasm.) 
Agar Germaniya iqtisodiyoti haqiqatan ham tanazzulga yuz tutgan bo‘lsa, unda 
global va ichki tarkibiy muammolar tufayli, deydi “Die Welt” nashri. Masalan, Ger-
maniyaning eng muhim eksport sohalaridan biri avtosanoat Xitoydan talab kamligi 
va elektr avtomobillariga o‘tish tufayli muammolarga duch kelmoqda. 
Iqtisodiy muammolar nemis siyosatchilarining faolligini kuchaytirdi: Germaniya 
mehnat vaziri Xubertus Xayl, agar mamlakat iqtisodiy inqirozga duchor bo‘lsa, 
mehnat bozori uchun maxsus choralar majmuini e’lon qildi. Angela Merkelga 
kelsak, u iqtisodiyotdagi vaziyatni kuzatayotganini va vaziyatning rivojlanishiga 
muvofiq javob bermoqchi ekanini bildirdi, shuningdek hozirgacha maxsus choralar 
uchun biron-bir sabab ko‘rmadi.
18
Shu bilan birga Germaniyada bosha muammolar 
ham yo’q emas. Bular qatoriga quyidagilarni keltirish mumkin: 
1) Germaniya uchun eng katta muammo sifatida Yevropa Ittifoqini keltirib o’tish 
mumkin. Ittifoq tarkibida bo’lgan Germaniya uchun Yevropa taqdiri bu davlatning 
hayot mamotidek bo’lib ko’rinadi. Qolgan Ittifoq davlatlarining rivojlanishda or-
qada qolayotgani, kundan-kunga qarzga botib, mustaqil siyosat yuritish qobiliyatini 
yo’qotayotgani Germaniyani tashvishlantirmay qo’ymaydi. Bunga misol qilib 
Gretsiya iqtisodiyotidagi turg’unliklarni, Italiyaning ko’plab miqdordagi qarzlarini 
aytish mumkin. Bu mamlakatlarning muammosi o’z navbatida Germaniyaning ham 


27 
muammosidir. Buyuk Britaniyaning ham Yevropa Ittifoqidan chiqib ketayotgani al-
batta Yevropa Ittifoqiga o’zining ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi. Bu muammolar 
Germaniya va Fransiyaning qo’llab-quvvatlashisiz o’z yechimini topa olmaydi. Shu 
tufayli ittifoqdagilar bu masalarning yechimini izlashmoqda.
2) Rossiya va Ukraina nizolari ham Yevropani tashvishga solmoqda. Rossiyaning 
Qrim hududlarini tortib olgani va Azov dengizi atrofida Ukraina kemalarining 
qatnoviga taqiq qo’yilishi Yevropa Ittifoqining noroziligiga sabab bo’ldi. Bazi 
davlatlar “Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytrish kerak” desa, bazilari buni 
istashmaydi. Chunki shusiz ham ularning iqtisodiyoti og’ir ahvolda. Germaniya esa 
Boltiq dengizi orqali o’tgan quvurlar yordamida Rossiyadan ko’p miqdorda gaz im-
port qiladi. Shu tufayli ular Rossiya bilan muzokaralar olib borishga harakat qilish-
moqda. Ammo haligacha ijobiy natija olisholgani yo’q.
19
3) Yana bir muammolardan biri bu atrof-muhit muammosidir. Germaniya iqtisodiy 
rivojlangan, texnologiya taraqqiy etgan mamlakat bo’lganligi tufayli bu mamlakatda 
atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish muammosi hamisha dolzarb muammolardan 
bo’lib kelgan. Va hozirda bu mummolarga qarshi kurashilmoqda.
4) Muammo ketidan muammo. Germaniyada turmush tarzi ham anchayin qiyin-
lashib bormoqda. Aholining katta qismi doimiy turar-joyga ega emas. Germaniyada 
aholi ko’p bo’lganligi tufayli joy bilan taminlash muammosi ham ancha jiddiy tus 
olgan. Aholi norozi bo’lib namoyishlar uyushtirishmoqda. O’zgarishlar talab qilish-
moqda 
5) Germaniyada soliqlar, kommunal to’lovlar, yoqilgilar ham ancha qimmatdir. 
Benzin narxlarining anchayin balandligi tufayli ko’plab mashinalar turgan joyida 
qolib ketishgan anchadan buyon. Bular ham aholida norozilik kayfiyatini 
tug’dirmoqda.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə