Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/22
tarix22.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#154355
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Yechimlar
Yuqorida Germaniyaning asosiy muamolaridan ba’zilarini keltirib o’tdim. Bular 
haqiqatdan ham jiddiy muammolar. Shunchalik katta muammoki, hatto ba’zilarini 
hal qilishning sirayam iloji bo’lmayapti ammo shunda ham hukumat qo’lidan kel-
ganicha vaziyatlarni yumshatishga harakat qilmoqda:Atrof-muhit masalalari yuzasi-
dan turli qarorlar qabul qilinmoqda. Germaniya moliya vazirligi iqlimning global 
isib ketishining natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar uchun 2030-
yilgacha 75mlrd Evro atratishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari atrof-muhitni 
himoyalash maqsadida elektron mashinalar ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan 
shug’ullanadiganga soliq imtiyozlari va subsidiyalar ajratish, yangi velosiped 
yo’llarini qurish, jamoat transport vositalarining sifat va son ko’rsatkichlarini 
oshirish, yoqilg’ilarning alternativ variantlarini topish va boshqa shu kabi vositalar-
dan foydalanishni o’z oldiga maqsad qilib olgan. Karbonat angidrid gaziga qarshi 


28 
kurashish masalasini esa markaziy masala sifatida ko’rishmoqda va gaz uchun 
to’lovlarni oshirishni rejalashtirishmoqda.
20
Yana bir muammoning yechimi deb 
shuni aytish kerakki, 2012-yilda Fukusima shahrida bo’gan halokatdan so’ng Ger-
maniya xavotirga tushub qoldi va atom elektrostansiyalarining o’rniga qayta ti-
klanadigan muqobil energiya resurslaridan foydalanishni o’z oldiga maqsad qilib 
qo’ygan edi. Buning natijasi o’laroq bugungi kunda mamlakat energiya ishlab 
chiqarishida qayta tiklanadigan energiya resurslarining ulushi 52% dan oshiqdir. Bu 
ko’rsatgichni hukumat 2025-yilgacha 75%ga ko’tarishni maqsad qilib qo’yishgan. 
Germaniyaning O’zbeksiton bilan iqtisodiy aloqalari.
Germaniya bilan O‘zbekiston o‘rtasida rasmiy munosabatlar 1992-yildan bosh-
langan. Ammo bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar uzoq davrga borib taqaladi. 
O‘zbekistonning G‘arbiy Еvropadagi birinchi elchixonasi 1993 yil Bonn shahrida 
ochildi. O‘sha paytdanoq o‘zaro aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yo‘lga 
qo‘yildi. Germaniya Federal iqtisodiy hamkolik vazirining 1992 yil avgustdagi 
rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun asos yaratdi.
Hamkorlik dasturlarini muvofiqlashtirish va tezroq amalga oshirish maqsadida 
1993-yil avgustda idoralararo komissiya hamda 1995-yil may oyida O‘zbekiston - 
Germaniya doimiy ishchi guruhi tuzildi. Mazkur komissiya va guruh muntazam rav-
ishda yig‘ilishlar o‘tkazib, investitsiyalarni kafolatlash va sug‘urtalash, loyihalarni 
moliyalash, xususiylashtirishga ko‘maklashish, qimmatli qog‘ozlar bozorini 
vujudga keltirish kabi muhim masalalarni hal qilib kelyapti. 1993-yil Toshkentda 
Germaniyaning texnikaviy hamkorlik jamiyatining vakolatxonasi ochildi. Jamiyat 
faoliyati tufayli bozor iqtisodiyotiga oid seminarlar va o‘quv kurslari o‘tkazish yo‘li 
bilan mutaxassislar tayyorlash, iqtisodiy qonunchilik, xususiylashtirish, kichik va 
o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar yo‘lovchi 
transportiga doir qonun va nizomlar ishlab chiqish, “Onalik va bolalikni himoya qi-
lish” tadbirlari bo‘yicha maslahatlar berish dasturi amalga oshirila boshladi.Ger-
maniya Federativ Respublikasi O'zbekistonda taraqqiyot sohasida keng miqyosda 
faoliyat olib bormoqda hamda iqtisodiyot va boshqa sohalardagi islohotlarni qo'llab-
quvvatlamoqda. Bunga quyidagi asosiy yo'nalishlar kiradi: 
Xususiy sektor va huquqiy tizimni takomillashtirish, kasb-hunar ta'limi, infra-
strukturalarning rivojlantirilishi, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi, atrof-muhit 
uhofazasi, iqtisodni rivojlantirish, turizm, aholi daromadining yaxshilanishi va mak-
tab tizimi. Ko'p tomonlama hamkorlik bilan bir qatorda - masalan, UNDP, UNHCR, 
EU, Jahon Banki, YeXTB va OTB – Germaniya federal hukumati 1992 yildan 2010 
yilgacha taraqqiyot sohasida ikki tomonlama hamkorli dasturlari uchun 300 million 
Yevro mablag' ajratgan, shundan 240 million Yevro atrofida mablag' moliyaviy 
hamkorlik uchun va taxminan 60 million Yevro mablag' texnik hamkorlik uchun 


29 
ko'zda tutilgan. Quyidagi german tashkilotlari O' O’zbekistonda taraqqiyot so-
hasidagi hamkorlik doirasida faoliyat yuritadi:GIZ (Xalqaro hamkorlik bo'yicha 
Germaniya tashkiloti) Toshkent, Nukus, Andijon va Termiz shaharlardagi bo'lin-
malari bilan, KFW (Tiklanish uchun kredit tashkiloti), CIM (Xalqaro migratsiya va 
taraqqiyot markazi), SES (Faxriy mutaxassislar xizmati), Germaniya Omonat kas-
salarining xalqaro hamkorlik bo'yicha jamg'armasi, ZEF (Bonn universitetining tar-
aqqiyot yo'nalishidagi tadqiqotlar markazi), DVV (Germaniya Xalq universitetlari 
uyushmasi), KAS (Konrad Adenauer jamg'armasi ) va FES (Friedrix Ebert jamg'ar-
masi). Joylarda o'z xodimlariga ega bo'lgan ushbu tashkilotlar bilan bir qatorda 
quyidagi tashkilotlarning alohida loyihalari ham mavjud: Sequa, Tyuringen federal 
o'lkasi savdo va sanoat palatasi, Chegera bilmas shifokorlar, DEG (Germaniya tara-
qqiyot jamiyati), IRZ (Huquq sohasi bo'yicha xalqaro hamkorlik jamg'armasi) va 
boshqalar. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning iqtisodiy taraqqiyotidagi 
va o'zgarishda bo'lgan hududni barqarorlashtirishdagi geostrategik ahamiyati sababli 
Germaniya uchun muhim hamkor hisoblanadi. 2009 yil iyul oyida o'tgan so'nggi 
hukumatlararo muzokaralar davomida ikkala davlat vakillari, jumladan, barqaror 
iqtisodiy taraqqiyot va sog'liqni saqlash yo'nalishlaridagi hamkorlikni yanada 
rivojlantirish bo'yicha aniq kelishuvlar qabul qilishdi.
O‘zbekiston RespublikasiTashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Germaniyaning 
“AKA”, “KFV”, “Berliner Bank” va “Doyche Bank” kabi banklari bilan bazis bitim-
lari tuzgan. Shu bitimlar asosida kamida 778,7 mln. Nemis markasi miqdorida turli 
loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidenti Islom Karimovning Germaniyaga 2001-yil 2-5-aprel kunlari qilgan 
tashrifi ikki mamlakatning o‘zaro munosabatlarida sifat jihatidan yangi davr bosh-
langanligini bildirdi. Tashrif davomida moliya, sayyohlik, fan-texnika, narkotiklar 
kontrabandasiga qarshi kurash kabi sohalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada 
kengaytirishni nazarda tutuvchi 14 ta hujjat imzolangandi. Bugungi kunda respu-
blikamizda germaniyalik investorlar ishtirokida 112 ta korxona faoliyat yuritayotgan 
bo‘lib, ularning 27 tasi 100 foiz Germaniya kapitaliga ega. Tashqi iqtisodiy aloqalar, 
investitsiyalar va savdo vazirligidan Germaniya Federativ Respublikasining 36 ta 
firma va kompaniyalarining vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Mamlakati-
mizda korporativ boshqaruvning samarador usullarini joriy etishda rivojlangan 
davlatlar, xususan, Germaniya tajribasi o‘rganilmoqda. Germaniyaning “Daimler”, 
“Siemens”, “BMW”, “Lufthansa”, “Thyssen Krupp”, “MAN”, “Knauf” singari 25 
yetakchi kompaniyasi tashabbusi bilan 2002-yilda asos solingan Yevropa 
menejment va texnologiyalar maktabi bilan Yevropa menejment va texnologiyalar 
maktabi bilan hamkorlik bu borada muhim rol o‘ynamoqda. Germaniyaning 40 dan 
ortiq firma va kompaniyalari («Daymler Bents»

«Simens», «Lyufganza», «BASF», 
«Salamander», «Alkatelь», «Tissen» va boshq.) ishtirokida «Landtexnik-Tosh-
kent», «CHirkom», «Grasso», «ToshVirt», «Intermed Ekasan», «O’zsalaman», 
«O’z-Vinkler» 
kabi 
o’nlab 
qo’shma 
korxonalar 
barpo 
etildi.
Germaniya-O’zbekiston o’rtasida ilmiy-texnik hamkorlik yuqori texnologiyalar,
oziq-ovqat, yo’l texnikasi, biotexnika, aloqa, tibbiyot va farmatsevtika, qog’oz


30 
ishlab chiqarish, elektrotexnika va elektronika, ekologik sof ishlab chiqarish kabi
sohalarda kengayib bormoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston va Germaniya 
davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmi ortib bormoqda. Masalan, 2016-yilda ikki davlat 
o‘rtasidagi savdo hajmi 521,5 mln. AQSH dollari, jumladan, eksport – 32,9 mln. 
AQSH dollari, import esa – 488,6 mln. AQSH dollarini AQSH dollari, import esa – 
488,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston va Germaniya davlatlari 
o‘rtasidagi hamkorlik bugangi kunda ham izchil rivojlanib boradi, albatta. Bunga 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Germaniya Feder-
ativ Respublikasi Federal kansleri Angela Merkel O‘zbekiston Respublikasi va GFR 
o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-
birlariga 
yo‘llagan 
tabrik 
misol 
bo‘ladi.
Xulosa
Bu davlat bilan tanishib chiqar ekanmiz, Gemaniyaning o’ziga xos jihatlarining 
ko’pligi kishini lol qoldiradi. Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi: Ikkinchi jahon uru-
shidan keyin Germaniyada yuz bergan va Yevropadek ulkan oilaga namuna boʻlgan 
iqtisodiy 
moʻjiza 
siri 
nimada, 
qanday 
qilib 
ushbu 
davlat
dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olishga erishdi? Jahon ekspertlarin-
ing fikricha, nemis moʻjizasi zamirida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka toʻla 
erkinlik berish hamda uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash gʻoyasi mujassamdir. 
Germaniya 
federal 
statistika 
xizmati 
maʼlumotiga
koʻra, hozirgi kunda mamlakatda kichik biznes subyektlari soni 3,5 millionga yaqin. 
Bu mamlakatdagi barcha korxonalarning 80 foizi degani. Kichik biznes vakillarin-
ing asosiy qismi oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida faoliyat yuritadi va ularning har 
biri 1 yilda oʻrtacha 700 ming yevro daromad koʻradi. Qayd etish
joizki, mamlakat aholisining qariyb 70 foizi shu sohada mehnat qiladi. Mamlakat 
soliq hajmining 41 foizi, yalpi ichki mahsulotining esa teng yarmi ushbu sektor
hissasiga toʻgʻri keladi. Birgina misol. 2017 yilda Germaniyaning umumiy YAIM
hajmi 3,70 trillion AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, shundan salkam 1,8 trillion 
dollari aynan kichik biznes sektoriga tegishlidir. Nemis moʻjizasining yana bir 
yutugʻi – mamlakatda kredit tizimi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganidir. Germaniya kredit 
tizimi aholini kredit olish orqali manfaat koʻrishi tamoyiliga asoslanadi. Yaʼni, 
mamlakatda kichik biznesni yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan nemis fuqarolari hech 
qanday muammolarsiz 20 yil muddatga 50 ming yevrogacha imtiyozli davlat kred-
itini olishi mumkin. Tadbirkor dastlabki 2 yil davomida ushbu kreditdan beminnat 
foydalanadi. 
Bu 
davrda 
bankdan 
olingan
qarz uchun toʻlov amalga oshirilmaydi, kredit foizlari toʻlanmaydi. Keyingi 8 yilda 
esa bank kreditlari imtiyozli ravishda yiliga 4-5 foiz miqdorida toʻlab boriladi. 
Qarzdorlik summasi 11 yildan keyin qoplana boshlanadi. Bundan tashqari, hukumat 
ilmiy izlanishlarga oid loyihalarni 40 ming yevrogacha moliyalashtiradi.
Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotda innovatsion yangiliklardan keng koʻlamda foyda-
lanish imkonini bermoqda. Biznes uchun yaratilgan erkinlik va imtiyozlar,


31 
xorij kapitali uchun cheklovlar yoʻqligi chet ellik tadbirkorlarning Germaniya iqti-
sodiyotiga faol investitsiya kiritishida asosiy omilga aylangan. Ammo bu Germani-
yada omad barchaga birdek kulib boqadi, degani emas. Qulay imkoniyatlarga qara-
may, 
boqadi, 
degani 
emas. 
Qulay 
imkoniyatlarga 
qaramay,
koʻpchilik tadbirkorlar orasida kasodga uchrayotganlari ham bor. Bunday holatga 
tushib qolmaslik uchun tadbirkor oldindan qatʼiy reja tuzishi, meʼyoriy-huquqiy
hujjatlarni puxta oʻrganib, kerak boʻlganda konsalting xizmatidan foydalanishi talab 
etiladi. Bundan tashqari, nemis tilini bilish Germaniyada biznes qilishning eng mu-
him omillaridan biridir. Mamlakat qonunchiligiga koʻra, tadbirkorlik – bu savdo 
faoliyati boʻlib, u bilan bir yoki bir necha kishi shugʻullanishi mumkin. Bunday 
faoliyatkoʻchmas mulk va qimmatli qogʻozlarni sotish va sotib olish, sugʻurta va 
bank faoliyati, logistika, ekspeditorlik, rieltorlik, transport xizmati kabilarni oʻz 
ichigaoladi. Germaniyada savdo faoliyati bilan shugʻullanish yakka tartibdagi tad-
birkorlik sifatida baholanadi. Yuridik shaxslar esa foyda olish maqsadida davomli-
tarzdaish olib boruvchi firmalar hisoblanadi. Germaniyada tovarlarni savdo markasi 
ostida sotish, xizmat koʻrsatish, mamlakatdan qoʻshimcha qiymat soligʻi yoki bojlar-
siz asbob-uskuna, texnika hamda tovarlarni olib chiqib ketish, shuningdek, qoʻshim-
cha qiymat soligʻini qaytarish, banklarda hisob raqam, kredit kartalari va chek 
daftarlarini ochish mumkin. Bundan tashqari, mamlakatga kirish uchunkoʻp marta-
lik biznes vizalariga ega boʻlish, imtiyoz asosida sugʻurta olish, turli dotatsiyalar va 
subsidiyalardan sugʻurta olish, turli dotatsiyalar va subsidiyalardan foydalanish 
mumkin. Germaniyada kichik biznesning rivojlanishi oʻzaro ishonch asosiga quril-
gan 
boʻlib, 
bunda 
xalq 
bankka, 
bank 
esa 
xalqqa 
ishonadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə