Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/22
tarix22.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#154355
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Takliflar
 
So’zimiz yakunida shuni aytib o’tish joizki, bugungi globallashgan dunyoda yashar 
ekanmiz, dunyoning har bir burchagida kuzatilayotgan voqealar, holatlarni kuzatib 
borish imkoniyatiga egamiz. Shu bilan birga boshqa davlat vakillari ham xuddi 
shunday imkoniyatga ega. Bugungi kunda hayot misoli poygaga aylanib ketdi. 
Hamma birinchilikka qarab intiladi. Shunday ekan biz ham hayot bilan hamnafas 
bo’lgan holda bu poygaga ildamlik bilan qo’shila olishimiz va o’z o’rnimizga ega 
bo’lishimiz kerak. 
Germaniya Federatsiyasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holat bilan tanishib 
chiqar ekanmiz, buni shunchaki ko’z yugurtirib qo’yib qo’ymasdan, undan jamiyat 
rivoji uchun foydalanishga harakat qilishimiz kerak. Chunki biz ko’rib o’tgan ma’lu-
motlar, raqamlar shunchaki statistika emas, bu yillar davomida shakllanib kelgan 
mehnat, mashaqqat mahsulidir.
Bu davlatni o’rganib chiqib, ulardagi quyidagi yutuqlarni o’zimizda qo’llashni taklif 
etgan bo’lar edim: 


32 

Kichik biznes tizimini kengaytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish. Al-
batta, bu sohada yurtimizda allaqachon ishlar boshlab yuborilgan. Shunday 
bo’lsa-da, bu sohani yanada kengaytirish va xalqni bu ish uchun rag’batlan-
tirish maqsadga muvofiq ish bo’lar edi;

Iqtisodiy ittifoqlarga birlashish. Bu holat raqobatbardoshlikni yaxshilaydi. 
Ammo bugungi kundagi kamchiligimiz shundan iboratki biz boshqa 
davlatlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar kabi arzon va sifatli, noyob va 
o’ziga xos mahsulotlar yarata olmayapmiz. Ammo boshqa tarafdan olib 
qaraydigan bo’lsak, ishlab chiqarishni kengaytirgach yangi bozorlarni ham 
topib bormasak bu tovar ortiqchaligini keltirib chiqaradi va bu ishlab 
chiqaruvchilar uchun salbiy oqibatlarga olib keladi;

YaIM tarkibida bo’lgan qishloq xo’jaligi, sanoat va servis sohasining foiz mi-
qdorini o’zgartirish. Biz kuzatishimiz mumkinki, rivojlangan davlatlarning 
barchasicha servisning va sanoatning o’rni katta bo’ladi. Ishchi kuchining 
ham asosiy qismi shu sohalarda band bo’ladi. Bizda esa bunday emas. Ahol-
ining asosiy qismi qishloq joyda joylashganligi, shaharlashishning nisbatan 
past ko’rsatgichda ekanligi bizga bu darajaga yetishishga halaqit bermoqda. 
Taklifim esa shundan iboratki, hududlarda yirik shaharlarni ko’paytirish(faqat 
Toshkentga qarab qolmasdan), jamiyat uchun esa qo’shimcha sohalarni 
ko’paytirish kerak. Qishloq xo’jaligini unumdor texnikalar bilan ta’minlash 
va bu orqali katta ishchi kuchi talab qilayotgan qishloq xo’jaliging ehtiyojini 
innovatsion texnikalar orqali qondirib, qolgan ishchi kuchlarini boshqa soha-
larga jalb qilish;

Sanoatlashishni kuchaytirish, qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan 
mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini kengaytirish, xomashyo sotadigan 
davlat emas, xomashyo xarid qiladigan davlatga aylanish.
Bu takliflarim balki umumiy gaplardir. Ammo shu jihatlarni yaxshiroq tahlil qilsak, bu holatlar 
yurtimiz 
rivojiga 
yanada 
kattaroq 
hissa 
qo’shishiga 
ishonaman.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə