Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti


Germaniya aholisining o’sish surati



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/22
tarix22.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#154355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Germaniya aholisining o’sish surati
. ( 3-rasm) 
Rasmiy tili — nemis tili. Dindorlar - protestantlar (lyuteranlar, 50 % dan ziyod) va 
katoliklar. Mamlakatda 7,2 mln. chet elliklar ham yashaydi. Ular umumiy aholining 
8,9 % ini tashkil etadi. Yirik shaharlari: Berlin, Hamburg, Myunxen, Kyoln, Frank-
furtmayn, Dortmund, Shtutgart, Dyusseldorf, Hannover, Nyurnberg, Leypsig, 
Drezden.
3
Tarixi.
Arxeologiya maʼlumotlariga koʻra, Germaniya hududida inson 500-300 
ming yillar muqaddam paydo boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida Germaniyada 
joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan toʻqnashdi. Xalqlarning buyuk 
koʻchishi deb ataladigan davrdan soʻng Germaniyada alemanlar, bavarlar, sharqiy 
franklar, sakslar, tyuringlar va frizlar qolgan. 6—8-asrlarda Germaniyaning barcha 
hududini franklar egallab oldi. 9-asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi 
tarkibiga kirgandan soʻng mustaqil nemis davlatiga yoʻl ochildi. 1648-yilgi Vest-
faliya sulx. shartnomasiga koʻra, Germaniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzi-
ning muhim geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi (1701-yil-
dan Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740-1786 
yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Yevro-
pada buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik oʻrnatish uchun Avstriya 
bilan kurashni kuchaytirdi. 1740-yil Prussiya qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga 
bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Germaniyada feodal 
krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi. 1814—1815-yillar Vena kon-
gressi qaroriga koʻra, 39 davlatni birlashtirgan Germaniya ittifoqi tuzildi. 1834-yil 
18 davlat ishtirokida Germaniya bojxona ittifoqi tashkil topdi.
Unda Prussiya rahbarlik rolini oʻynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlan-
tirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ayniqsa temir yoʻl qurilishida Germaniya katta 
yutuqlarni qoʻlga kiritdi va 1850-yilga kelib, Yevropada ikkinchi oʻringa chiqib oldi. 
1848—49 yillarda Germaniyada burjua-demokratik inqilobi boʻlib oʻtdi. Uning 
maqsadi mamlakatni birlashtirish, monarxiya tuzumini tugatish, agrar masalani 



demokratik asosda hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qoʻrqoqligi va xoinligi, pro-
letariatning zaifligi tufayli inqilob magʻlubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdor-
larini mamlakatni inqilob yoʻli bilan emas, qurol kuchi va urushlar yoʻli bilan 
birlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya 
(1866) va Fransiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan soʻng Mayn daryo-
sidan Shimolgacha boʻlgan yerlarda Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzishga erishdi. 
1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushidan soʻng Germaniya pruss militarizmi asosida 
birlashtiriddi. 1871-yil 18-yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli 
Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb eʼlon qildi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə