Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix22.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#154355
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Germaniya 
umumiy 
qarzi 
(YaIMning 
foiziga 
nisbatan) 
(6-rasm)
Davlatning tashqi qarzi YaIM miqdorining 63.9%ini tashkil etadi(2017). Agar buni 
pul ko’rinishida ifodalaydigan bo’lsak, tahminan 2.6trln AQSH dollariga teng 
bo’ladi. 2016-yilda esa bu ko’rsatgich 67.9%ga teng bo’lgan. Bu albatta tashqi qarzi-
ning asta-sekin kamayayotganidan dalolatdir.
Aholi soni 80 mlndan oshiqdir. Ularning 77,3%i shaharlarda yashashadi. Urbani-
zatsiya darajasi esa 0,27%ga tengdir. Aholi eng ko’p istiqomat qiladigan shaharlar 
Berlin, Gamburg, Munich va Kologn shaharlaridir. Aholi soni mlntadan oshiq sha-
harlar unchalik ham ko’p emas. 
Mamlakatning ta’lim tizimiga keladihan bo’lsak, Germaniya Federatsiyasida ta’lim 
tizimi havas qilgulik darajada ajoyibdir. O’ziga xos jihati shundaki, bu yerda hattoki 
oliy ta’lim tizimi ham majburiydir va nemis tilini biladigan chet ellliklar ham bu 
imkoniyatdan bemalol foydalanishi mumkin. etadi. Oliygohlarida 4 yildir. 
Germaniya iqtisodiyoti sektorlarining rivojlanish tendensiyalari
Yevropa dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan regionlaridan biridir. Shuning 
uchun ham uning hudidida dunyo miqyosida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan 


11 
ko`pgina mamlakatlarning joylashganligi bejiz emas. Bunday mamlakatlar qatoriga 
«sakkizlik» davlatlari GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan bir navbatda 
Ispaniya, Shveysariya, Avstriya, Shvetsiya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, Fin-
landiya va boshqalar kiradi. Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar ichida o'zining 
ulkan iqtisodiy salohiyat va rivojlanganlik darajasiga binoan Germaniya Federativ 
Respublikasi keskin ajralib turadi.
Germaniya urbanizatsiya darajasinihoyatda yuqori bo‘lgan mamlakat bo‘lib, zamo-
naviy ilmiy-texnologik asosida industriallashgan davlatdir.
GFR dunyo mamlakatlari ichida mahsulotlarni ishlab chiqarish va iqtisodiy rivojlan-
ish darajasi bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarda turuvchi davlatlardan biri. 
YaIM va sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha AQSH va Yaponiyadan so’ng 3-
o’rinda turadi. Tashqi savdo aylanmasining hajmi bo’yicha jahonda 2-o’rinda turadi. 
Germaniyaning Yevropa va jahon xo’jaligidagi muhim ahamiyatini buning yuqori 
sifatli mahsulot chiqarishiga qaratilgan sanoat belgilaydi.
Jahon mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning (YAMM) 7-
8 foizi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy 
mahsulotning 27-28 foizi GFRga to‘g‘ri kelmoqda. Germaniya aholisining 27-28 
foizi asosan mamlakatning sanoati rivojlangan iqtisodiy rayonlarida mamlakatning 
sanoati rivojlangan iqtisodiy rayonlarida yashashib, mamlakat YAMMning 23-24 
foizini ishlab chiqarmoqda. 
Germaniya jahonning yirik va iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri. Min-
eral xom ashyo resurslariga boy. Masalan, ularga toshko‘mir, temir va marganes 
rudasi, nikel, kobalt, volfram, molibden, mis, xrom, qo‘rg‘oshin, qalayi, uran, kaliy 
tuzi, gilmoya va h.k. kiradi. GFR iqtisodiyotida mashinasozlik sanoati yuqori dara-
jada rivojlangan sohadir. Mashinasozlik sanoatida, ayniqsa, metalni qayta ishlash 
sohasida, 
metallurgiya, 
elektrotexnika, 
konchilik, 
to‘qimachilik sanoati, 
shuningdek, qishloq xo‘jalik, mashinasozlik tarmoqlari keng rivojlangan.Telekom-
munikatsiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarish, mexanika va optik apparatlarni ish-
lab chiqarish sohalari ham mamlakat iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardanbiriniegal-
laydi.
7
GFR dunyodagi yetarli darajada foydali qazilmalar, qulay agroiqlimiy
xususiyatlarga ega bo’lmasada, milliy iqtisodiyotning rivojlanishida «nemis
mo’’jizasi»ga erishgan mamlakat. Bunday iqtisodiy mo’’jizaga erishishda iqtisodiy
o’sishning qator omillari – ilmiy-texnika progresssi yutuqlaridan samarali
foydalanish, «inson kapitalining» yuqori malakaviy sifati va oqilona ichki iqtisodiy
siyosat muhim rol o’ynadi:

Germaniya XIX asrdan boshlangan ilmiy va texnik bilimlarga asoslangan 
jahon andozalaridagi kimyo, optik fizika, metallurgiya, mashinasozlik va boshqa


12 
sohalarda 
amalga 
oshirilayotgan 
ilmiy-tadqiqot 
an’analariga 
egadir;

Ilmiy-tadqiqotlardagi yutuq va marralar tufayli Germaniya kompaniyalari
raqobatda ustunlik qilishiga, sanoat firmalari YeI va boshqa Yevropa
mamlakatlarini birgalikda olganda ham ko’p patent va litsenziyalarga egaligi
(ammo 
Amerika 
va 
Yaponiya 
firmalaridan 
orqada);

YaIMda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar (3%
atrofida) ko’lami jihatdan dunyodagi beshlikka kirishi (Yaponiya singari urushdan
keyingi yillarda o’zida ilmiy-tadqiqotlarga ko’p mablag’ sarflamay xorij
bozorlaridan texnologiyalarning katta qismi sotib olingan), keyingi o’n yillikda
davlat fundamental tadqiqotlar, YeI doirasida davlatlararo ilmiy-tadqiqot, kichik
biznesda 
ilmiy-tadqiqot 
va 
tajriba-konstuktorlik 
ishlariga 
sarflanadigan
mablag’larning katta qismini o’z zimmasiga oldi va mamlakat ichki salohiyatini
kuchaytirmoqda. Bu esa xalqaro bozorda nemis tovarlarining yuqori
raqobatbardoshliligini ta’minlamoqda;

GFR uchun yuqori intelektual «inson kapitali» xos bo’lib, bu aholining 
ma’lumot darajasi, kasbiy-malakaviy tarkibi, ijtimoiy tarkibi, salomatlik darajasi,
yangiliklarni, murakkab zamonaviy yuksak texnologiyalarni juda tez o’zlashtirishi
va o’ta ijrochilik mahorati bilan ajralib turishi;

ITI sharoitida mehnatning intellektuallashuvi va ishchi-xodimlarning 
mutaxassisligi, ma’lumotiga bo’lgan talabning kuchayishi (yuqori malakali
ishchilar hissasi dunyo bo’yicha yuqori bo’lib, 50% ni tashkil qiladi), o’rta va oliy
ta’lim, sog’liqni saqlash, kasbiy ta’limga e’tiborning ortib borishi;

Germaniyada urushdan keyingi neoliberalizm kontseptsiyasi asosida
«sotsial bozor xo’jaligi», fashistik totalitar iqtisodiyotning muqobili sifatida
shakllandi. Bu kontseptsiya iqtisodiyot vaziri, so’ngra federal kantsler L.Erxard
tomonidan amalga oshirildi. Bu kontseptsiya asosida «Freyburg maktabi» olimlari
V.Oyken va V.Repkening «ordoliberalizm», qaysiki erkin bozor iqtisodiyoti
tarafdorlari va A.Myuller-Armak va boshqalarning «sotsial bozor iqtisodiyoti»
ta’limotlari yotadi va bu ta’limotlarning mamlakat ichki iqtisodiy siyosatiga asos
qilib olinishi;

ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik, erkin raqobat va erkin 
narxlar asosida ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish negizida aholi
ehtiyojlarini to’laroq qondirish;

davlatning iqtisodiyotdagi faol roli, qaysiki, fuqarolarning iqtisodiy 
erkinligini ta’minlash, pul muomalasini tashkillash va ma’sulligini olish, iqtisodiy
inqirozlarga qarshi kurashish, sotsial adolatni, raqobat uchun teng sharoitni
ta’minlash va iqtisodiyotdagi monopolizmga yo’l qo’ymaslik tamoyillaridir.
XX asrning 50-yillari oxirida GFRda yuqori turmush tarzi ta’minlandi. 80-
yillardan boshlab iqtisodiy o’sishning intensiv yo’llari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda GFR iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos – postindustrial


13 
jamiyatdir (informatsion jamiyat). Ayni vaqtda, Germaniya tarixiy-iqtisodiy
rivojlanish bilan bog’liq boshqa mamlakatlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega:

Mamlakatning industriallashuvi keyinroq (boshqa Yevropa mamlakatlariga nis-
batan) ya’ni, 1871 yil Germaniya birlashgandan so’ng boshlandi va XX asr 
boshlarida asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha Angliyadan o’tib ketdi (ayniqsa, 
kimyo 
va 
elektrotexnika 
sohasida). 
Germaniya 
iqtisodiyoti 
uchun
«o’ta industrlashuv» xos bo’lib, milliy iqtisodiyotda sanoatning hissasi 39%
atrofida.

Ikkinchi jahon urushidan keyin GFR ikkiga bo’lingan holda sanoatda
tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirdi. Ishlov beruvchi sanoatda – kimyo va 
neftьkimyo, mashinasozlik, va metallni qayta ishlash, elektrotexnika, avtomobilso-
zlik, aniq mexanika va optika, aholiga keng iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, 
xalqaro bozor va xalqaro mehnat taqsimoti jarayonlariga moslashdi.

Investitsiya yo’nalishlari o’zgardi va 80% kapital qo’yilmalar modernizatsiyalash 
va 
jihozlarni 
yangilashga, 
20% 
quvvatlarni 
kengaytirishga 
qaratildi.

Germaniya 
tovarlari 
yuqori 
raqobatbardoshliligining 
asosi
mahsulotlarning doimiy yangilanishidir. Natijada, yetakchi sanoat kontsernlarining
ilmiy-tadqiqotlar asosidagi doimiy yangi mahsulotlari (tibbiyot texnikasi, doridar-
monlar va boshq.) xalqaro bozorda asosiy o’rin egallasa, an’anaviy eksport
tarmoqlari ham bir qator texnik yutuqlar ta’sirida yetakchilikka ega bo’lmoqda-ki,
bu 
tashqi 
iqtisodiy 
aloqalarda 
ustunlikka 
olib 
kelmoqda.
Germaniya iqtisodiyoti ko’p ukladli bo’lib Germaniyadagi «sotsial bozor
xo’jaligi» sog’lom raqobat, tadbirkorlik erkinliklari va xo’jalik faoliyati kafolatiga
asoslanadi. Bu tamoyil asosiy qonunda (GFR Konstitutsiyasi) belgilab qo’yilgan.
Raqobatni qo’llab-quvvatlash antimonopol qonunchili, kichik va o’rta
tadbirkorlikni (kichik biznes) qo’llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi.
Kichik biznes (10 kishidan 500 kishigacha) barcha firmalarning 99,8%
tashkil qiladi. Bunga 2/3 qism ishchi va 4/5 qism shogirdlar o’rni to’g’ri keladi.
Kichik biznesga YaIM 46%, sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning 50%, yalpi
investitsiyaning 44%, tovarlar eksportining 40% to’g’ri keladi. Xizmat ko’rsatish
sohalarida 35% kichik firmalar faoliyat ko’rsatadi. Davlat tomonidan kichik
biznesni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishning. Butun boshli tizimi yaratilgan. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə