Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix22.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#154355
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Qishloq xo'jaligi. 
Germaniya Federatsiyasi qishloq xo’jalik sohasida ham qator 
yutuqlarga erishgan. Qishloq xo’jaligini intensiv industrlashtirish XX asrning 50-60 
yillarda amalga oshirildi va iqtisodiyotning kapital talab tarmog’iga aylandi.
Mexanizatsiyalashuv darajasi jihatidan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar o’rtasida
birinchi o’rinda turadi. 80-yillardan boshlab intensiv omillar ta’sirining yanada
kuchayishi va iqtisodiyotda texnik resurslarni tejash yo’nalishiga o’tildi:

Traktor va don o’rish kombaynlari quvvatining ortishi tufayli fermerlar
tomonidan 
bunday 
texnikalarni 
sotib 
olish 
kamaydi.

Universal agregatlardan foydalanish ko’paydi. Qishloq xo’jaligi mashinalari
mikroprotsessorlar bilan jihozlandi.


14 

Mineral o’g’itlar, o’sish stimulyatorlari, o’simliklarni himoya qilish 
vositalaridan foydalanishning ortishi tabiiy sharoitlarga bog’liq bo’lmagan holda
yuqori hosil olish imkonini berdi. Fermer xo’jaliklarida tobora yuqori samarali
vositalardan foydalanish asosida 1 ga. yerga bo’lgan «yukni» ozaytirish hisobiga
tabiat va insonga kamroq zarar yetkazishga harakat qilish jarayoni boshlandi.

CHorvachilik va ziroatchilik tarmoqlarida o’simliklarni himoya qilishda
biologik usullardan – organik o’g’itlardan va gen muhandisligi yutuqlaridan
foydalanish kuchaydi.

Bu jarayonlar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining yuqori samarali 
bo’lishidan tashqari, atrof-muhitga texnogen ta’sirini ham kamaytirdi.
GFR qishloq xo’jaligi uchun ishlab chiqarish va kapital kontsentratsiyasi
avvalo:

O’rtacha fermer xo’jaliklarining yiriklashuvi;

Fermer xo’jaliklarini tashkillashda zarur kapital minimal hajmining ortishi
bilan xarakterlanadi.
SHunga qaramay, fermer xo’jaliklarining daromad olish darajasi Buyuk 
Britaniya, Benilьyuks mamlakatlari va Frantsiyadan orqada. Qishloq xo’jaligidagi
kontsentratsiya va vertikal integratsiya negizida agrar ishlab chiqarish va noagrar
sohalarning qo’shilishi nisbatida agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jaligi uchun
ishlab chiqarish vositalari ta’minoti, transport, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
qayta ishlash, savdo, umumiy ovqatlanish, kredit institutlari, sug’urta va qishloq
xo’jaligini tartiblash organlarining bir doirada uyg’unlashuvi asosida 
rivojlanmoqda. Germaniya qishloq xo'jaligida o'z hududining 50 foizidan foydala-
nadi. Biroq ushbu tarmoqning mamlakat yalpi ichki mahsulotlar hissasida faqat 1 
foizni tashkil etadi. (mahsulot qiymati bo'yicha)mamlakat qishloq xo'jaligida ishlab 
chiqarilgan jami mahsulotning 60 foizini chorvachilik chiqarilgan jami mahsulot-
ning 60 foizini chorvachilik sohasi beradi. Mamlakat chorvachiligining еtakchi so-
halari yirik qoramolchilik va cho'chqachilik sohalari
hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 60 foizini mana shu chorvachilik be-
radi. Germaniyada qishloq xoʻjaligiga yaroqli 36 mln. ga yеr bor. U moʻl-koʻl yuqori 
sifatli oziq-ovqat mahsulotlariyеtkazib beradi. Qishloq xoʻjaligining asosiy 
mahsulotlari: bugʻdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, shuningdek uzum, meva, sab-
zavot va boshqalar. Chorvachilikda mol goʻshti, choʻchqa goʻshti, tovuq goʻshti va-
sutеtishtiriladi.
Quyida keltirilgan diagrammada ko’rish mumkinki, hududning asosiy qismini qish-
loq xo’jaligi yerlari tashkil etadi. O’rmonlar va yaylovlar ham sezilarli darajada katta 
hududni egallagan. Uy-joy va yo’llar masalasiga kelsak, ular ham odatdagidan ko’ra 
kattaroq hududni egallagan. Bunga sabab, Germaniya Yevropadagi aholi eng zich 
joylashgan davlatdir. Shu tufayli infratuzilma ko’rsatgichi ham shunga yarasha 


15 
bo’ladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə