Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/22
tarix22.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#154355
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
 
Kimyo sanoati. 
Shimoliy Reyn-Vestfaliyayеri Germaniya kimyo sanoatining bosh 
rayoni hisoblanadi. (jami kimyo sanoati mahsulotining 40 foizi to'g'ri keladi). Mam-
lakatda kimyo sanoatining Leverkuzen (Vauyer konserni), Kyoln, Dormagen, 
Frankfurt-Mayn (Hoechst konserni), Lyudvigsxafen (BASF) kabi yirik markazlari 
shakllangan.Sharqiyyеrlarda esa (Germaniya birlashuvidan keyin) kimyo sanoati 
chuqur iqtisodiy krizis holatiga tushib qoldi. Asosan buyеrda kimyoviy o’g’itlar, 
dori-darmonlar, plastmassa buyumlari va sun’iy kauchuk ishlab chiqaradi.
Yengil sanoat. 
Asosan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yengil 
sanoat Germaniyada oxirgi yillarda o‘sish surati pasaygan bo‘lsada yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqiroz tufayli ishlab turgan korxonalarga 
xom-ashyo yеtkazib berish pasaydi. Natijada bu korxonalarda, ya’ni qadimgi 
to‘qimachilik markazlari va Rur atrofidagi rayonlarda (“Bergeshis Land”, Krefeld, 
Myunsterland) va janubda (shimoliy sharqiy Bavariya, Augsburg) ishlab chiqarish 
ko‘rsatkichi pasaydi. Yengil sanoatning asosiy markazlari mamlakatning g‘arbida 
joylashganshaharlarhisoblanadi.
Oziq-ovqat sanoati. 
Turli ichimliklar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan. Bun-
dan tashqari sut va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish ham mavjud. Oziq-ovqat 
sanoati Germaniyada asosiy tarmoqlaridan biri hisblanadi. Oziq-ovqat sanoati, Ger-
maniyaning yirik besh tarmoqlari avtomobilsozlik, elektrenergetika, mashinasozlik, 
kimyo sanoati qatoridan o‘rin olgan. 2012 yil oziq-ovqat sanoati aylanmasi 150 mlrd 
yеvroni tashkil etgan. Mamlakatda 5900 ta korxona va unda 544000 kishi ishlab 
turibdi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun kichik va o‘rta biznes korxonalari xa-
rakterlidir. Bu korxonalarda ya’ni 75 foizida 100 kishidan iborat ishchilar faoliyat 
olib boradi. Oziq-ovqat sanoatida go‘shtni qayta ishlash, sutni qayta ishlash
qandolat va non va non mahsulotlari va alkogol ichimliklari ishlab chiqarish tar-
moqlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari sabzovot mahsulotlarini qayta ish-
lash, mineral suv va salqin ichimliklar ishlab chiqarish tarmoqlari asosiy o‘rindadir. 
2012 yil oziq ovqat sanoati aylanmasining o‘sish ko‘rsatkichi 1.2 foizni tashkil etdi. 
Mahsulotinng katta qismi 84 foizi
umumyevropa bozorlariga, 16 foizi Yevropa ittifoqidan tashqariga, asosan Rossiya, 
AQSh, Shveysariyaga eksport qilinadi. Germaniya oziq-ovqat maxsulotlarining 


19 
xorijda muvofiqiyatga erishgan besh jihatiga quyidagilar- yuqori sifati, mahsulot-
ning xavsizligi, qulay narxdaligi, ishonchliligi va ta’m sifati. “Made in Germany” 
oziq-ovqat sifat ko‘rsatkichi bugungi kunda butun dunyoga mashhurdir. Oziq-ovqat 
, vino ishlab chiqarish, pivo ishlab chiqarish va boshqalar asoan mamlakat qishloq 
xo‘jaligida yеtkazib beriladigan xom ashyo hisobiga 
ishlaydi. Germaniyada to‘rt mingdan ziyod pivoning turli sortlari ishlab chiqariladi. 
Ishlab chiqarilgan pivoning uchdan bir qismi eksport qilinadi. Vino ishlab chiqarish 
Reynda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mozelya va reyn uzumlaridan tayyorlangan vinolar 
xorijiy mamlakatlarda mashxurdir. Mozelyani shu sababli “vino yo‘li” deb atashadi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə