Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti


Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix22.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#154355
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Germaniya YaIM qiymati bo’yicha dunyoda 5-o’rinni, Yevropada esa 1-o’rinni 
egallaydi. YaIM miqdori 2017-yilda 4.199 trln AQSH dollarini, 2016-yilda 4.099 
trln. AQSH dollarini tashkil etgan. YaIMning o’rtacha yillik o’sishi esa 2.5%ga teng 
bo’lgan(2017). Aholi jon boshiga 50800 AQSH dollaridan to’g’ri kelgan. YaIM tar-
kibining 0.7%ini qishloq xo’jaligi, 30,7 %ini sanoat, 68,6 %ini esa xizmatlar sohasi 
tashkil etadi. Qishloq xo’jaligining asosiy mahsulotlariga kartoshka, bug’doy, 
shakar, karam, mevalar, sut mahsulotlari va chorva mahsulotlari kiradi. Sanoat so-
hasining asosiy tarmoqlariga esa mashinasozlik, elektr jihozlari ishlab chiqarish
oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish, kemasozlik, tekstil, farmasevtika va 
kimyoviy dorilar ishlab chiqarish, temir va po’lat ishlab chiqarish kiradi. Po’lat va 



temir ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi o’rinda turadi va texnik jihatdan. [
(
4-rasm) 
Ishchi kuchi soni 45.9 mln ga teng. Ularning 1.4%i qishloq xo’jaligi sohasida, 
24,2%i sanoat sohasida, 74,3%i xizmatlar sohasida faoliyat olib boradi. Ishsizlik 
ko’rsatkichi 3.8 %. Shunisi ajablanarliki, Germaniya Federatsiyasidagi ishsizlik 
ko’rsatkichi hattoki moliyaviy inqiroz vaqtida ham nisbatan past ko’rsatkichlarni 
qayd etgan. Aholining “kambag’allik chizig’i”dan pastda joylashgan qismi 
16.7%ni tashkil etadi.
Budjet tarkibiga keladigan bo’lsak, 2017-yilgi holatga ko’ra, daromadlar 1.665 trln 
AQSH dollarni, xarajatlar esa 1.619 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko’rsat-
gichlardan ko’rishimiz mumkinki, budjet tarkibidagi daromadlar miqdori xarajatlar 
miqdorini bemalol qoplay olgan va yil yakunida profitsit holatda chiqqan.
 
Germaniyaning budjet holati(foizlarda).
(5-rsm) 
Soliq to’lovlari YaIMning 45%ini tashkil etadi. Germaniyada korporativ soliq 
25%ni, qo’shilgan qiymat solig’i 19%ni(ba’zi mahsulotlar uchun 7%li soliq mavjud) 
tashkil etadi. Yana bir qiziq tomoni shundaki, Germaniyada oylik ish haqining 8%i 


10 
miqdorida cherkov solig’i ham undiriladi. Aks holda, cherkov soliq to’lamagan 
odam uchun cho’qinish, nikohdan o’tish va dafn marosimini o’tkazishga ruxsat ber-
maydi. 
Bu davlatdagi inflatsiya ko’rsatgichi 2017-yilgi holarga ko’ra 1,7 %ni tashkil etgan. 
Bu оesa bizning yurtimizdagi inflatsiyadan 8 – 9 barobar kam degani.
Davlat eksporti 1.434 trln AQSH dollarini, importi esa 1.322 trln AQSH dollarini 
tashkil etdi(2017). Eksport tarkibinineft va gaz, oziq-ovqat, transport jihozlari, re-
zina va plastik mahsulotlar; import tarkibini esa mashinalar, ma’lumotlar bian ish-
lovchi texnikalar, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, elektr jihozlari tashkil 
etadi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə