2 0
Injenerlik geodinamikasi fani Yerning ichki qismida (endogen) va
uning ustki qismida sodir bo‘ladigan (ekzogen) geologik va texnogen
(odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan)
jarayon va
hodisalarning vujudga kelish, sodir bo‘lish,
rivojlanish va
barham topish qonuniyatlarini hamda sabablarini o‘rganadi. Ularni,
ayniqsa ekzogen jarayon va hodisalarning zararli oqibatlarini kamaytirish,
bartaraf etish va ma’lum vaqt mobaynida
hudud maydoni uchun
miqdoriy bashoratlash yo‘l-yo‘riqlari ustida ilmiy izlanishlar olib boradi,
chora va tadbirlar ishlab chiqadi.
Dostları ilə paylaş: