2 1
davrida ularning o‘zgarishini,
yangidan vujudga kelish, rivojlanishini
bashorat qiladi, chora- tadbirlar ishlab chiqadi va belgilaydi.
Qazilma konlar joylashgan va qazib olish hududi ba’zan o‘zining
injener-geologik sharoitining nihoyatda murakkabligi bilan ajralib turadi.
Bu hududlarda aksariyat tub-qoya tog‘ jinslari tarqalgan bo‘lib, ba’zan
serdarz, tektonik uzilma va yoriqlarga boy,
ayrim-ayrim qismlarga
(bloklarga) bo‘lib tashlangan, nurash jarayoniga uchragan, burmalangan
bo‘ladi. Bu esa qulash, surilish, yuvilish
kabi jarayonlarning vujudga
kelishini tezlashtiradi va kon maydonida qurilishi lozim bo‘lgan insho-
otlar (imoratlar, yo‘l, trassalar, shaxta, shtolnya va b.) uchun joy tanlash
ishlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday holatlarda maxsus yirik
masshtabdagi injener-geologik tekshirish ishlari olib boriladi. Olingan
natijalar har tomonlama tahlil etiladi va u yoki bu qurilish inshootlari
uchun aniq joy tanlanib buyurtmachilarga topshiriladi. Bunda yana asosiy
e’tibor qurilish maydonining yer sath tuzilishiga, yog‘adigan yog‘inning
yil mobaynidagi miqdoriga, turiga, ular bilan bog‘liq bo‘lgan qor
ko‘chkisi, suv toshqini, yuvilish jarayonlarining vujudga kelish ehtimoli,
yer osti suvlarining harakat yo‘nalishining qay darajada o‘zgarishi mum-
kinligi ham har tomonlama baholanadi.
Dostları ilə paylaş: