Gistologiya, stitologiya va


  Hujayra yaxlit organizmning bir qismidir



Yüklə 12,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/296
tarix23.09.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#123101
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   296
Gistologiya Sitologiya embriologiya

4. 
Hujayra yaxlit organizmning bir qismidir. 
K o 'p hujayrali 
organizmlar to ‘qima va a ’zolar tizimlarini hosil qiluvchi 
hujayralar va ular hosilalarining murakkab ansamblidir. Bu 
ansamblda hujayralar bir-biri bilan nerv, gumoral va boshqa 
omillar orqali uzviy bog'langan bo‘lib, o ‘zaro hamkorlikda 
faoliyat k o ‘rsatadi. Hujayralararo o ‘zaro ta ’sir hujayralar takomili 
va differensiatsiyasi jarayonlarining asosiy shartlaridan biridir. U 
yoki bu ixtisoslashgan hujayraning shakllanishi uchun hujayraga 
kiritilgan genetik dasturdan tashqari, boshqa hujayralar va 
hujayralararo moddaning ta ’siri talab qilinadi. Ular shaklla- 
nayotgan hujayra uchun o ‘ziga xos mikromuhit yaratadilar va shu 
bilan hujayraning spetsifik struktur va funksional ixtisoslanishini 
ta ’minlaydilar. Shunday qilib, ko‘p hujayrali organizmlarda 
hujayra tiriklikning elementar birligi bo‘Iib, u turli maxsus 
vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan. Bu vazifalarni u yaxlit 
organizm tarkibiga kiruvchi boshqa hujayralar va hujayralararo 
modda majmuasida amalga oshiradi.
Shunday qilib, hujayra nazariyasi biologiya va tibbiyotni 
rivojlanishiga katta ta ’sir k o ‘rsatdi, hamda gistologiya va 
embriologiya fanlarining shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat 
qildi. Organizmning hujayra tuziiishi tamoyilini qabul qilish uning 
faoliyatini funksional birliklar b o ‘lgan hujayralar daraiasida 
o ‘rganishni taqozo etib, shu bilan fiziologiya faninig rivojla­
nishiga ham chuqur ijobiy ta ’sir ko‘rsatdi. Ushbu nazariya hayotni 
ilmiy tushunish asoslarini berdi, hamda organizmlaming individual
31


rivojlanishi va ularning evolyutsion munosabatlarni tushunishga 
imkon yaratdi. Oradan o‘tgan qariyb ikki asr mobaynida hujayra 
tuziiishi va faoliyati to‘g‘risida ko‘pdan-ko‘p yangi m a’lumotlar 
to‘plangan bo‘lsada, hujayra nazariyasinig asosiy qoidalari o ‘z qadri- 
qiymatini hozirgi kungacha saqlab qolgan.

Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə