Gistologiya, stitologiya va


unikal glikoprotein molekulalar



Yüklə 12,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/296
tarix23.09.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#123101
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   296
Gistologiya Sitologiya embriologiya

unikal glikoprotein molekulalar
borligi 
biologik individuallikni belgilovchi asosiy omildir. Ushbu 
molekulalarning sintezi bosh gistologik muvofiqlik (moslik) 
kompleksi (BGK, ingl. major histocompatibility complex, MHC) 
genlari tomonidan boshqariladi. BGK molekularining ikki sinfi 
mavjud boMib, shulardan I sinfi shu individning barcha hujayra- 
larida uchraydi. BGK molekulalarining II sinfi esa antigenlarni 
(begona molekulalarni) limfotsitlarga etqazib berishda va ularning 
faollashuvida muhim o ‘rin tutadi. Har bir BGK molekulasi 
glikokaliksga chiqib turuvchi integral oqsil va uning sirtmoq- 
laridan, kichik molekulyar massali periferik oqsildan, va nihoyat,


sirtmoqlar bilan nokovalent bog'langan kichik oqsil molekula- 
sidan iborat. Aynan ana shu kichkina oqsil (odatda u 9 amino- 
kislotadan iborat peptid) ushbu individga tegishli bo‘lgan normal 
oqsilning 
fragmenti 
b o iib , 
immun 
hujayralar tomonidan 
«o‘ziniki» sifatida tanib olinadi. Turli patologik holatlarda 
(begona to ‘qima transplantatsiya qilinganda, rak kasalligida, 
virusli infeksiyada) plazmolemmada strukturasi o ‘zgargan oqsil 
paydo bo‘lsa organizmda bunday «begona» hujayralami yo‘q 
qilishga qaratilgan immun reaksiya rivojlanadi. Shu bilan 
hujayralarning, demakki, butun organizmning irsiy individualligi 
saqlanib qoladi.
Hujayralararo informatsion aloqalar
Plazmolemma hujayraga tashqi va ichki muhitdan keluvchi 
turli xil (fizik, kimyoviy, mexanik va hokazo) signallami qabul 
qiluvchi, 
ulami 
o ‘zgartiruvchi 
(transformatsiyalovchi) 
va 
hujayraning tegishli javob reaksiyasini boshlab beruvchi asosiy 
bo‘limdir. 
Umumlashtirib 
olganda 
bu 
jarayon 
signal
transduksiyasi
deb atalib, quyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi: 
signal (birinchi vositachi) - retseptor - (ikkinchi vositachi) -
effektor - javob reaksiyasi. Bir hujayrada ishlab chiqarilgan 
signalni ikkinchisiga maxsus signal molekulalari yoki 

Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə