gormonlar ishlab chiqaruvchi (buyrak usti bezi va urug‘don
interstitsial) hujayralarida ichki membranalar naysimon kristalarga
ega. M itoxondriyalar ichki membranasida, asosan kristalar
yuzasida, globulyar strukturalar joylashgan.
Bu tuzilmalar
kattaligi 6-10 nm bo‘lgan dumaloq zarrachadan va uni krista bilan
tutashtiruvchi oyoqchadan (uzunligi 3—5 nm) iborat. Globulyar
strukturalar ATF sintetazasi faol bo‘lgan oqsil tuzilmalardir.
Aynan shu tuzilmalarda, kimyo-osmotik nazariya bo‘yicha,
protonlar oqimi ta ’sirida oksidlanish
fosforillanish fermentlari
adenozindifosfatni (ADF) fosforillab, ATF ga aylantiradi. Shuning
uchun globulyar tuzilmalar ATF-sintezi tizimining markaziy
bo‘g ‘ini hisoblanadi.
Ichki mitoxondrial
membrana tanlab
o ‘tqazish xususiyatiga ega. U o ‘zida turli xil moddalarni (ADF,
ATF, fosfor birikmalari, piruvat, suksinat, sitrat, guanidintrifosfat,
sitidintrifosfat va boshqalar) har ikki yo‘nalishda
tashuvchi
transport tizimlarini mujassamlashtirgan. В undan tashqari ichki
membranada
oksidlanish
fosforillanish
fermentlari
va
suksinatdegidrogenaza (SDG) bilan bog‘liq bo‘lgan elektronlar
transporti zanjirlari joylashgan.
57