Gistologiya, stitologiya va



Yüklə 12,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/296
tarix23.09.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#123101
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   296
Gistologiya Sitologiya embriologiya

M embranalararo b o ‘sh-
liqda
mitoxondrial matriksdan ajralib chiquvchi vodorod ionlari 
to ‘planadi, bu esa ichki mitoxondrial membrananing ikkala 
yuzasida protonlar gradientini hosil qiiadi. Protonlar oqimi ATF 
sintezi jarayonida muhim o ‘rin tutadi. 
Ichki mitoxondrial
membrana
tashqisidan farqli o ‘laroq, tekis boMmay, ichkariga 
botib kiruvchi burmalar (krista)lami hosil qiiadi. Kristalar 
hisobiga mitoxondriyaning ichki yuzasi ancha kattalashadi. Har 
xil 
tipdagi 
hujayralarda 
kristalar 
soni 
turlicha. 
Buyrak 
hujayralarida, skelet va yurak mushagida kristalar soni ko‘p va 
zich joylashgan. Jigar hujayralarida, spermatidlarda esa kamroq va 
siyrak. Bir tipdagi hujayralarda ham mitoxondriya kristalarining 
soni har xil boMishi mumkin. B a’zi bir holatlarda (skelet mushagi 
mitoxondriyalari, 
neyron 
o ‘simtalarida 
va 
ba’zi 
bir 
organizmlarning spermatidlarida) kristalar mitoxondriya o ‘qiga 
ko‘ndalang emas, balki o ‘q bo‘yicha joylashishi mumkin. 
Aksariyat ko‘pchilik hujayralarda kristalar yassi, plastinkasimon 
tuzilishga ega. Shu bilan birgan ba’zi a ’zolarda, asosan steroid
56


gormonlar ishlab chiqaruvchi (buyrak usti bezi va urug‘don 
interstitsial) hujayralarida ichki membranalar naysimon kristalarga 
ega. M itoxondriyalar ichki membranasida, asosan kristalar 
yuzasida, globulyar strukturalar joylashgan. Bu tuzilmalar 
kattaligi 6-10 nm bo‘lgan dumaloq zarrachadan va uni krista bilan 
tutashtiruvchi oyoqchadan (uzunligi 3—5 nm) iborat. Globulyar 
strukturalar ATF sintetazasi faol bo‘lgan oqsil tuzilmalardir. 
Aynan shu tuzilmalarda, kimyo-osmotik nazariya bo‘yicha, 
protonlar oqimi ta ’sirida oksidlanish fosforillanish fermentlari 
adenozindifosfatni (ADF) fosforillab, ATF ga aylantiradi. Shuning 
uchun globulyar tuzilmalar ATF-sintezi tizimining markaziy 
bo‘g ‘ini hisoblanadi. 
Ichki mitoxondrial membrana tanlab 
o ‘tqazish xususiyatiga ega. U o ‘zida turli xil moddalarni (ADF, 
ATF, fosfor birikmalari, piruvat, suksinat, sitrat, guanidintrifosfat, 
sitidintrifosfat va boshqalar) har ikki yo‘nalishda tashuvchi 
transport tizimlarini mujassamlashtirgan. В undan tashqari ichki 
membranada 
oksidlanish 
fosforillanish 
fermentlari 
va 
suksinatdegidrogenaza (SDG) bilan bog‘liq bo‘lgan elektronlar 
transporti zanjirlari joylashgan.
57



Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə