Gistologiya, stitologiya va



Yüklə 12,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/296
tarix23.09.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#123101
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   296
Gistologiya Sitologiya embriologiya

- transport pufakchalari 
- o ‘z ichiga pinotsitoz, endotsitoz 
va qoplangan (hoshiyalangan) pufakchalarni olib, ham endotsitoz, 
ham ekzotsitoz jarayonlarida ishtirok etadi. Pufakchalar bir 
biridan transport qilish usullari va tashiladigan moddaning 
turlariga qarab ajralib turadi;
-
endosomalar 
- endotsitoz pufakchalarida kelgan oqsillami 
saralash va ulami hujayraning turli kompartmentlariga yetqazib 
berish vazifasini bajaradi. Endosomalarning 
ilk 
va 
kech 
turlari 
farqlanib, ular birgalikda endosomal kompartmentni tashkil qiiadi. 
Kech endosomalarga lizosomalar hosil bo‘lishining ilk bosqichi 
deb qaraladi.
M embranasiz organellalar
:
- ribosomalar 
- oqsil sintezi kechadigan tuzilmalar bo‘lib, 
ribosomal RNK (rRNK ) va ribosomal oqsillardan iborat;
- mikronaychalar va ularning hosilalari 
- tubulin oqsilidan 
iborat naychalar bo‘lib, aktin va oraliq mikrofilamentlar bilan 
birgalikda sitoskeletning asosini tashkil qiiadi; 
mikronay-
chalarning hosilalari 
bo‘lib 
sentriolalar
va 
bazal tanachalar
hisoblanadi; 
sentriolalar 
- mikronaychalar hosil qiluvchi
54


markazning yoki sentrosomaning bir ju ft silindrsimon tuzilmalari 
boMib, mitoz jarayonida boMinish dukchasini hosil qiiadi, shu 
bilan xromosomalaming qiz hujayralarga bir tekis taqsimlanishini 
ta ’minlaydi; 
bazal ta n a ch a la r- 
aksonemalar yoki kiprikchalar va 
xivchinlaming o ‘q iplari hosil bo'lishini boshqaradi;
- mikrofilamentlar 
- asosan uch xil: ingichka (diametri 5-7 
nm), oraliq (10-12 nm) va yo‘g'on (14-16 nm) iplarni o ‘z ichiga 
oladi; 

Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə