Glassary Audit



Yüklə 15,1 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü15,1 Kb.
#158250
Audit glassary


Glassary

  1. Audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisob va u bilan bog’liq moliyaviy axborotlarini me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir.

  2. Maqsadli sistemali audit- shakllanishi bilan auditorlar ichki nazorat orqali ekspertiza o’tkaza boshladilar. Buning oqibatida shu narsa isbotlandiki, agar ichki nazorat tizimi samarali tashkil qilingan bo’lsa, xato va kamchiliklarni aniqlash uchun jiddiy tekshirishlar o’tkazishga hojat qolmaydi.

  3. Tavakkalchilikka asoslangan audit- yoppasiga yoki tanlov yo’li bilan o’tkaziladigan tekshirish bo’lib, u korxona faoliyati sharoitidan kelib chiqadi va asosan tor doiradagi ob’ektlarni tekshirish bilan yakunlanadi.

  4. Soliq boshqarmasi- hukumatga yoki moliya vaziriga bo’ysunadi, davlat byudjeti daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi.

  5. Mualliflik huquqi - bu intellektual mulkdan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan va teng huquqli shaxslarning xatti-harakatini tartibga soluvchi fuqarolik me'yorlari.

  6. Fond birjasi- bu qimmatli qog‘ozlar bozorining muntazam ishlashini ta‘minlaydigan moliyaviy institut va yuridik shaxs.

  7. Audit dasturi - bu auditorlik umumiy rejasida belgilangan vazifalarni bajarish bosqichlari, bajarish muddati va vaqti, vazifalarni bajaruvchilarning to’liq tarkibi, tekshiruvda bajariladigan auditorlik amallari hamda auditorlik ish hujjatlari batafsil aks ettirilgan auditorlik ish hujjatidir.

  8. Muhimlik – bu hisobot ko’rsatkichlarining shunday kattaligiki (yoki sifati), ularni hisobotda aks ettirilmasligi yoki buzib ko’rsatilishi ana shu hisobotdan foydalanuvchi mutaxassislarni noto’g’ri qaror qabul qilishiga olib keladi.

  9. Komponent – atamasi guruh yoki komponentning rahbariyati tomonidan guruh moliyaviy hisobotlari tarkibiga kiritilishi lozim bo’lgan moliyaviy ma’lumotlar tayyorlanadigan tadbirkorlik sub’ekti yoki biznes faoliyati deb ataladi.

  10. Auditorlik riski - auditor tomonidan sub’ektiv ravishda belgilanadigan, auditorlik tekshiruvi yakunlari bo’yicha moliyaviy hisobot uning ishonchliligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan jiddiy buzilishlarni o’z ichiga olishi mumkinligini e’tirof etish yoki aslida bunday buzilishlar moliyaviy hisobotda bo’lmasada, unda jiddiy buzilishlar mavjudligini e’tirof etish ehtimolidir.

  11. Tahliliy amallar – bu muhim koeffitsientlar va yo’nalishlarni, jumladan bundan kelib chiqadigan boshqa tegishli ma’lumotga izchil bo’lmagan yoki istiqbolliy belgilangan summalardan farqlanadigan chetga chiqishlar va o’zaro bog’liqliklarni tahlil qilish.

  12. Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.

  13. Kuzatib chiqish – bu sintetik va analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining aks ettirilishini, ayrim dastlabki hujjatlarni tekshiradigan, yakuniy schetlar korrespondentsiyasini topadigan va xo’jalik faoliyatining tegishli faktlari buxgalteriya hisobida to’g’ri yoki noto’g’ri aks ettirilganligini tekshirish jarayonidir.

  14. Firibgarlik- bu qalloblikni qo’llash bilan bog’liq oldindan bilib amalga oshirilgan harakatdir.

  15. Ekspert — auditorlik tashkiloti shtatida turmaydigan, buxgalteriya hisobi va auditdan farq qiluvchi sohalarda yetarlicha bilim, tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisdir.

  16. Auditorlik xulosasi- buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi.

  17. Tashqi audit- uchinchi tomon tomonidan qonun hujjatlarida ko'zda tutilganidek, kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini muayyan maqsadlar uchun davriy, muntazam va mustaqil ravishda tekshirib turishdir.

  18. Ichki audit- bu biznesning kunlik faoliyatini ko'rib chiqish va takomillashtirish bo'yicha zarur takliflarni taqdim etish maqsadida xo’jalik tashkiloti doirasida amalga oshiriladigan xolis va tizimli baholash funktsiyasidir.

  19. Patent- bu yuridik jihatdan tan olingan va ro‘yxatga olingan mutlaq huquqdir.

  20. Forvard- bu bank va mijoz o‘rtasidagi belgilangan sanada belgilangan chet el valyuta summasini sotish va sotib olish bo‘yicha ijro etish majburiy bo‘lgan bitimdir.

Yüklə 15,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə