Global bozorning shakillanishi va ularning xususyatlari



Yüklə 60,15 Kb.
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü60,15 Kb.
#151356
1   2   3   4   5   6   7
GLOBAL BOZORNING SHAKILLANISHI VA ULARNING XUSUSYATLARI

Birinchi bosqich quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib quyilganligi ta‘kidlanadi:

  • totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

  • Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakillantirish.1[1]

Bu vazifani bajarish birinchi bosqichda isloh qilishning qo’yidagi muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:

  • o’tish jarayonining haqiqiy asoslarini shakillantirish islohatlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;

  • mahaliiy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;

  • ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta‘minlash. Bu vazifalarni baarilishi keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo’nalishlarini belgilab olish imkonini berdi.

Ikkinchi bosqichда investitsiya faoliyatini ko’chaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta‘minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I. A. Karimov asarida bu bosqich uchun quyidagi bir qator vazifalar ajratib ko’rsatildi:

  • davlat mulklarini xussiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;

  • ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash;

  • milliy valyuta - so’mni yana ham mustahkamlash;

  • iqtisodiyotning tarkibiy to’zilishini tubdan o’zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayor mahsulo ishlab chiqarish o’tish2[2].

O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni ko’chaytirish, ularga tegishli yordam ko’rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo’li davom ettiriladi.
Prezidentimiz I. Karimov ta‘kidlab o’tganlaridek, hozirgi bosqichda “erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarini hal qilishning asosiy shartidir”[1]. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:

  • iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o’tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

  • xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;

  • mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini avvalo, bevosita yo’naltirilgan sarmoyalarni jalb etish uchun qo’lay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;

  • kichik va o’rta biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o’rin olishiga erishish;

  • mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini ta‘minlash;

  • iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish kabi vazifalar ikkinchi bosqichda sobit qadalik bilan bajarilmoqda.




Yüklə 60,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə