Glossariy Algebra



Yüklə 65,18 Kb.
səhifə3/13
tarix17.05.2022
ölçüsü65,18 Kb.
#87224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
glossary

Analitik geometriya- matematikaning bo’limi bo’lib, unda geometric obrazlar koordinatalar usuliga asoslanib algebra vositalari bilan tekshiriladi.

Analitik funksiya- kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasining asosiy tushunchasi.

Applikata- fazodagi nuataning dekart koordinatalardan biri bo’lib, abscissa va ordinatadan keyin keladigan uchinchi koordinatadir, odatda z harfi bilan belgilanadi.

Arkfunksiya- (arkus) trigonometric funksiyalarga teskari bo’lgan funksiya.

Affiks- z=а+bi kompleks sonning affiksi bu sonni geometric tasvirlaganda shu a+bi songa mos bo’lgan nuqta, ya’ni Dekart koordinatalari (a,b) bo’lgan nuqta.

Aksioma – biror matematik nazariya yaratishda boshlang’ich fakt deb qaraladigan va isbotsiz qabul qilinadigan jumla. Matematik nazariyani asoslashning mantiqiy poydevori hisoblangan aksiomalar sistemasi hamma vaqt ham tugallangan va takomillashgan bo’lmaydi, balki aksiomalarning o’zi kabi o’zgarib va takomillashib turadi.

Abel gruppasi – kommutativlik (o’rin almashtirish) qonuniga, ya’ni ab=ba qonunga bo’ysinuvchi gruppa. Masalan, n- darajali kompleks ildizlari gruppasi ko’paytirishamaliga nisbatan Abel gruppasidir. Abel gruppasi norvegiyalik matematik Abel nomibilan atalgan.


Yüklə 65,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə