Glossariy o’qitish metodikasida qo’llaniladigan asosiy terminlar axloq


KO’NIKMA deganda odamning bilim olishi, elementar tajriba va malakaga tayanib biron ishni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati tushuniladi. MALAKA-



Yüklə 25,66 Kb.
səhifə7/9
tarix23.12.2023
ölçüsü25,66 Kb.
#155271
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Glossariy o’qitish metodikasida qo’llaniladigan asosiy terminlar-hozir.org

KO’NIKMA deganda odamning bilim olishi, elementar tajriba va malakaga tayanib biron ishni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati tushuniladi.
MALAKA- kishi egallagan bilimlari ko’nikma bosqichidan o’tib, doimiy harakat turiga aylanishi, mahorat hosil qilishi.
Ko’nikma va malakalar deganda biror shaxsning muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin bo’lgan harakatlari va reaktsiyalari tushuniladi. Malakalar ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir.
MAHORAT- o’zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy harakatlarni (shu jumladan dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarish.
BAHOLASH- ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat bo’lgan jarayondir.
MILLIY PEDAGOGIKA - Davlat konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risidagi qonun” hamda istiqbol rejalanish dasturlari, jamiyatning tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari va jahondagi ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tuzilgan ta’lim tarbiya nazariyasi, metod va uslublar majmui tushuniladi.
MA’NAVIYAT – bu shaxsning egallagan foydali bilimlari (bilim turidan qat’iy nazar) uning hayotida bir necha bor takrorlanishi natijasida ko’nikma va malaka bosqichlaridan o’tib, ruhiga singib, uning hayot tarziga aylanib ketgan ijobiy ijtimoiy sifatlaridir.
ILMNING TADQIQOT OB’EKTI – muayyan ilm sohasi yoki tarmoq ilmi tadqiqotlarini bir majmuaga qaratish.
ILMNING TADQIQOT PREDMETI – majmuani tashkil qiluvchi qismlar orasidagi funktsional aloqadorlik ma’lum narsa yoki hodisaning alohida jabhasi hisoblanadi.
Narsa yoki hodisaga yetishish boyicha inson tomomnidan maqsad qilib qoyilgan, ammo ilmiy asoslanmagan bo’lsada, mantiqan bog’liq tadbirlar majmuiga TAXMIN (GIPOTEZA) deyiladi.
Maqsadga yetishish taxmini mavjud qonuniyatlarda asoslab berilgan bosqichni kontseptsiya yoki ilmiy asoslangan TAXMIN deyiladi.
Maqsadga yetishish taxmini mavjud qonuniyatlarda asoslab berilgan bosqichni KONTSEPSIYA yoki ilmiy asoslangan taxmin deyiladi.
Ilmiy aoslanib, maromiga yetkazilgan taxmin kontseptsiyaga aylanadi. Har qanday ilmiy asoslangan loyihani amalda sinab ko’rish talab qilinadi. Maqsadga yetishishning ilmiy asoslangan loyihasini amalda sinab ko’rishni TAJRIBA deyiladi.

Yüklə 25,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə