Glossariy o’qitish metodikasida qo’llaniladigan asosiy terminlar axloq



Yüklə 25,66 Kb.
səhifə1/9
tarix23.12.2023
ölçüsü25,66 Kb.
#155271
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Glossariy o’qitish metodikasida qo’llaniladigan asosiy terminlar-hozir.org


Glossariy o’qitish metodikasida qo’llaniladigan asosiy terminlar axloq

GLOSSARIY
O’QITISH METODIKASIDA QO’LLANILADIGAN ASOSIY
TERMINLAR


AXLOQ - kishilarning bir – biriga, oilaga, vatanga, jamiyatga bо‘lgan munosabatlarida namoyon bо‘ladigan xatti – harakatlar yig‘indisi. Axloq har bir kishining xulqini, ichki dunyosini kо‘rsatadi.
Axloqiy bilim – ishonchga aylangan taqdirdagina xulqni tartibga solib turadi. Haqiqiy axloqning ma’naviy poydevori bо‘lib, uning asosiy mezoni axloqiy bilimdir.
Barkamol shaxsbu adolatli, vijdonli, iymon-e’tiqodli, mehr-muruvvatli, irodali, or-nomusli, matonatli va chidamli, erkin fikrlovchi, о‘z xalqining daholari uchun kurashuvchi, hur fikrli va istiqlol g‘oyalari bilan sug‘orilgan, о‘z Vataniga fidoyilik bilan xizmat qiluvchi, tadbirkor va tashabbuskor ozod SHAXSDIR.
Bilim darajasi – bu rahbarning boshqaruv jarayonida eng zarur bо‘lgan shartlardan biri bо‘lib, bunda boshqaruv, nazorat qilish, qarorlar qabul qilish, buyruq va kо‘rsatmalar, nasihat hamda maslahatlar berishida ilmiy asoslangan ma’lumotlarga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich maktab (BM) – ta’lim oluvchilarga boshlang‘ich umumiy ma’lumot beradigan umumta’lim ta’lim-tarbiya muassasasi. Uning vazifasi ta’lim oluvchilarda yozish, о‘qish, hisoblash malaka va kо‘nikmalarni hosil qilish, tabiat va jamiyat haqida ilk bilimlar berish, xulq-odobga о‘rgatishdir.
Boshlang‘ich ta’lim (BT) – umumiy о‘rta ta’limning dastlabki bosqichi. О‘zR da boshlang‘ich ta’lim 1-4 sinflarda bolalarga ilk ta’lim berish, ularni ma’naviy kamol toptirishning boshlang‘ich davri hisoblanadi. U 1-4 sinflarni о‘z ichiga oladi va bunda о‘qish 6-7 yoshdan boshlanadi. BT umumiy о‘rta ta’lim olish uchun zarur bо‘lgan savodxonlik bilim va kо‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan BT sinflari uchun о‘quv rejasi va dasturlari mavjud.
Davlat standartlari – ta’limning zarur, yetarli darajasi va о‘quv yuklamalar hajmiga qо‘yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beruvchi mezon

Yüklə 25,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə