Glossariy o’qitish metodikasida qo’llaniladigan asosiy terminlar axloq



Yüklə 25,66 Kb.
səhifə5/9
tarix23.12.2023
ölçüsü25,66 Kb.
#155271
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Glossariy o’qitish metodikasida qo’llaniladigan asosiy terminlar-hozir.org

Maktabdan tashqari ta’lim – bolalar va о‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bо‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yо‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari – faoliyat kо‘rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qо‘yilgan, bolalar, о‘smirlar, ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-о‘smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar sog‘lomlashtirish muassasalari.
Milliy qadriyatlar – murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bо‘lib, millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiyki moddiy va ma’naviy, boyliklarni, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlaridir.
Oliy ta’lim – turli oliy maktablarga xо‘jalik, fan, texnika va madaniyat tarmoqlari uchun yuqori oliy malakali mutaxassislar tayyorlash oliy ta’lim jarayonida oliy ma’lumot olinadi.
Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim – jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bо‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim oliy о‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida (aspirantura, adyuktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa - ta’lim va tarbiya jarayoniga yangicha yondashuv bo’lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnikaviy tafakkur asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq tushunchadir.
Birlashgan millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan YunESKOning ta’rifi boyicha, «PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa – bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o’zaro uzviy bog’liq holda ko’rib, butun ta’lim jarayonini loyihalashda va amalda qo’llashda majmuli yondashuv metodidan foydalanishdir».

Yüklə 25,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə