Grafika, orfografiya va orfoepiya haqida ma’lumot ma’ruza mazmuni grafika


Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi



Yüklə 62,1 Kb.
səhifə7/14
tarix02.09.2023
ölçüsü62,1 Kb.
#121230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
grafika

Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
1.Grafika qoidalari grafemalarning mazmun planini (referentini) kodlashtirishga asoslanadi. Chunonchi, odam so‘zida "d" ning yozilishi grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga mos, shu sababli bu so‘zning yozilishi grafika tomonidan boshqariladi.
2.Orfografiya qoidalari esa ma'lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi. Chunonchi, savod so‘zi oxirida (kuchsiz pozitsiyada) jarangli "d" fonemasi  jarangsiz "t"ga o‘tadi (savot tarzida talaffuz qilinadi), demak, uni ikki xil yozish mumkin: savod (fonematik prinsip asosida) - savot (fonetik prinsip asosida). Bu ikki holatdan birini imlo uchun me'yor (orfogramma) qilib tanlash orfografiya zimmasiga tushadi. Hozirgi o‘zbek orfografiyasida savod deb yozish qoidalashtirilgan. Bundan tashqari, orfografiyada qo‘shma so‘z komponentlarining qo‘shilib yoki ajratilib yozilishini, so‘z qismlarining satrdan- satrga ko‘chirilishini, bosh va kichik harflarning qo‘llanishini belgilab beradigan qoidalar ham borki, ular yozuvning grafikaga aloqador bo‘lmagan jihatlarini tartibga solish va boshqarish imkonini beradi.
Adabiy tilning og‘zaki shaklida so‘z tanlash, gap tuzish va to‘g‘ri talaffuz me'yorlariga amal qilish qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, uning yozma shaklida orfografiya me'yorlariga (imlo qoidalariga) amal qilish shunchalik muhimdir. Bunday me'yorlarga amal qilish yozma nutq mazmunining to‘g‘ri va aniq idrok qilinishiga yordam beradi, yozma nutqda anarxiyaning (boshboshdoqlikning) avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Adabiy tilning, xususan, yozma nutqning ijtimoiy-madaniy va ma'rifiy rolini mustahkamlashda buning o‘ziga yarasha ahamiyati bor.











Orfografiya prinsiplari - orfografiya qoidalarining tuzilishiga asos bo‘lgan tamoyillar. Ularning quyidagi turlari bor:



Yüklə 62,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə