Grafika, orfografiya va orfoepiya haqida ma’lumot ma’ruza mazmuni grafika


Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvida logografemalarning quyidagi turlari ishlatiladi



Yüklə 62,1 Kb.
səhifə5/14
tarix02.09.2023
ölçüsü62,1 Kb.
#121230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
grafika

Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvida logografemalarning quyidagi turlari ishlatiladi:
Raqamlar - son turkumiga mansub so‘zlarning ma'nolarini ifodalovchi logografemalar. Ular o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:
a) g‘arbiy arab (g‘ubor) raqamlari: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 100, 1000, 100000, 1000000, 1000000000 kabi.
Arab raqamlari aslida Hindistonda (5-asrga yaqin) kashf etilgan bo‘lsa-da, Arabistonga buyuk o‘zbek olimi Muhammad Xorazmiyning arab tilida yozilgan "?Hisob al- hind"("Hind arifmetikasi haqida kitob") asari orqali kirib kelgan, bu asar lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropaga (10-asrda Ispaniyaga, 12-asrda Yevropadagi boshqa mamlakatlarga) tarqalgan. Demak, Hindistonda yuzaga kelgan yuqoridagi raqamlarning "arab raqamlari" nomi bilan ommalashib ketishida hamyurtimiz Muhammad Xorazmiyning ulkan xizmati bor;
b) rim raqamlari - qadimgi rimliklar ishlatgan raqamlar bo‘lib, ular quyidagi belgilardan tarkib topgan: I (bir), V (besh), X (o‘n), L (ellik), C (yuz), D (besh yuz), M (ming). Qolgan raqamlar shu belgilar kombinatsiyasiga asoslanadi: I(1), II(2), III3), IV(4), V(5), VI(6), VII(7), VIII(8), IX(9), X(10), XI(11), XII(12), XIII(13), XIV(14), XV(15), XVI(16), XVII(17), XVIII(18), XIX(19), XX(20), XXX(30) XL(40), L(50), LX (60), LXX(70), LXXX(80), XC(90), C(100), CD(400), D(500), DC(600), CM(900), M (1000), MC(1100), MD(1500) va boshqalar.
Rim raqamlari miloddan oldingi 500-yillarda etrusklar tomonidan kashf qilingan.
4. Morfografemalar so‘z tarkibidagi ma‘noli qismlarni (morfemalarni) iodalovchi belgilar. Masalan,defies (chiziqcha) raqamdan keyin qo‘llanganda tartib son takibidagi “-nchi” (“-inchi”) morfemasini ifodalaedi – shu morfema defisning referenti bo‘ladi: 5-uy (beshinchi uy), 20-хona (yigirmanchi хona) kabi.Biriq, qozon-tovoq, aka-uka kabi juft so‘zlarning yozuvdagi shakllarida defies morfografema emasorfografik belgi vazifasida qatnashadi (juft so‘zlar orfogrammasiga tegishli bo‘lganligi uchun).

Yüklə 62,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə