Grafika, orfografiya va orfoepiya haqida ma’lumot ma’ruza mazmuni grafika



Yüklə 62,1 Kb.
səhifə3/14
tarix02.09.2023
ölçüsü62,1 Kb.
#121230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
grafika

1.Fonografemalar tovush tilidagi fonemalarni ifodalaydi: fonografemasi "i" fonemasini, fonografemasi "b" fonemasini ifodalagani kabi.
Fonografemalarning tashqi (ifodalovchi) tomoni bitta harfga teng bo‘lishi (masalan, n) yoki ikki harf qo‘shilmasidan tarkib topishi (masalan, ng) mumkin. Grafik lingvistikada tashqi (ifodalovchi) tomoni bir harfga teng bo‘lgan grafemalar monograflar deb, ikki harf birikmasiga teng grafemalar esa digraflar deb nomlanadi. Yozuv tizimida grafemalarning uch yoki to‘rt harf birikmasiga teng turlari ham uchraydi. Masalan, nemis yozuvida "sh" fonemasi uchun uch harf birikmasidan iborat grafema (sch trigrafi), "ch" fonemasi uchun esa to‘rt harf birikmasidan iborat grafema (tsch poligrafi) belgilangan. Ikki yoki undan ortiq harflar qo‘shilmasidan tarkib topgan grafemalar poligraflar deb ham nomlanadi.
Fonografemalarning ichki (ifodalanuvchi) tomonida bitta yoki bir necha fonema kodlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘zbek yozuvidagi g‘ fonografemasining ichki tomonida o‘zbek tilining bitta fonemasi - chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangli "g‘ “ undoshij fonografemasining ichki tomonida esa ikkita fonema - sirg‘aluvchi "j" (jurnal so‘zi boshidagi undosh) va qorishiq "dj" (juda so‘zi boshidagi undosh) kodlashtirilgan. Grafemalarning ichki tomonida kodlashtirilgan fonemalar shu grafemalarning ifodalanuvchilari yoki referentlari deb ham yuritiladi. Ifodalanuvchisi (referenti) bitta bo‘lgan grafemalar monofonemali grafemalar, ifodalanuvchisi ikkita bo‘lgan grafemalar bifonemali yoki polifonemali grafemalar sanaladi.
Fonografemalarning monograf, poligraf, monofonemali va polifonemali xarakterda bo‘lishi ularning paradigmatik tavsifiga xosdir. Sintagmatik tavsifda (yozma nutq oqimida) esa grafemalarning yana bir qator xususiyatlari borligi ko‘zga tashlandi. Xususan, ong, ming so‘zlaridagi n va g harflari birikib, bitta tovushni (sayoz til orqa "ng"ni), menga, senga so‘z shakllarida esa shu ikki harf alohida-alohida tovushlarni ("n" va "g" fonemalarini) ifodalamoqda. Shunga ko‘ra, ong, ming so‘zlaridagi ng digrafi sintagmatik planda analitik grafema (yozma nutq oqimida ikki harf bir tovushni ifodalagani uchun), menga, senga so‘z shakllaridagi n va g harflari esa oddiy grafemalar (yozma nutq oqimida ikkita boshqa-boshqa tovushni ifodalagani uchun) hisoblanadi; rus-o‘zbek yozuvidagi e monografida esa boshqacharoq holat (grafik qoida) kuzatiladi: u so‘z yoki bo‘g‘in boshida bir yo‘la ikki fonemani - "й+э"ni ifodalaydi, demak, sintetik xarakterdagi grafema sanaladi (mas., елкан so‘zida), boshi yopiq yoki to‘la yopiq bo‘g‘in tarkibida esa rus-o‘zbek alifbosidagi e monografi bitta "э" unlisining ozini ifodalaydi, demak, oddiy grafema xarakterida (bir tovushga bir harf munosabatida) bo‘ladi (mas., мен so‘zida). Bu hol turli fonetik-grafik pozitsiyada qo‘llangan e va э grafemalari o‘rtasida sinonimik munosabatni ham shakllantiradi. Qiyos qiling: экин (э = "э")-текин (e="э"). Bu ikki so‘zda ifoda plani (shakli) har xil bo‘lgan э va e grafemalari bitta "э" unlisini ifodalagan. Bunday holni парад va нарyaд(a va ya ="a"), суд va салют (у va ю="у"), флот va слёт (o va ё= "o") so‘zlari tarkibidagi grafemalar sinonimiyasida ham ko‘ramiz. Bular rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvi fonografemalarining strukturaviy va funksional, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari ancha murakkabligidan dalolat beradi.
2. Prosodemografemalar tovush tilining ohang, melodika, pauza, urg‘u kabi ritmik-intonatsion vositalarini yozuvda ifodalash uchun xizmat qiladi. Xususan, urg‘u belgisi so‘zning urg‘uli bo‘g‘inini yozuvda ko‘rsatish zarur bo‘lgan paytlarda ishlatiladi. U urg‘uli bo‘g‘indagi unli tovushni ifodalagan harf (grafema) ustiga qiya chiziq tarzida qo‘yiladi: atlás ("matoning bir turi"), átlas ("geografik atlas") kabi. Tinish belgilari esa gap va nutqning mazmun sini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan fonetik-fonologik vositalarni (ko‘tariluvchi ohang, pasayuvchi ohang, to‘lqinli ohang, sanash ohangi, pauza kabi supersegment birliklarni) yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadi. Bunday belgilar quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:
a
Yüklə 62,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə