Grafika, orfografiya va orfoepiya haqida ma’lumot ma’ruza mazmuni grafika



Yüklə 62,1 Kb.
səhifə2/14
tarix02.09.2023
ölçüsü62,1 Kb.
#121230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
grafika

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, grafema y o z u v b i r l i g ifonema, intonema, aksentema va leksemalar esa t i l b i r l i k l a r i d i r. Binobarin, grafema bilan fonema (yoki intonema, leksema) o‘rtasidagi aloqa to‘ppa-to‘g‘ri (bevosita) bo‘lishi mumkin emas, bunga tovush tilining fizik-akustik asosga, yozuvning esa optik-grafik asosga tayanganligi yo‘l qo‘ymaydi.
Shuning uchun yozuv birligi (grafema) bilan til birligi (fonema, intonema yoki leksemao‘rtasidagi aloqa kodlashtirish orqali ta'minlanadi: kod turli informatsiyalarni uzatish, ishlash, saqlash va xotirlab qolish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar, simvollar sistemasidir. Har qanday grafema ana shu sistemaning bir a'zosi hisoblanadi.
Grafemalarning yozuvdagi lingvistik-funksional xususiyatlarini reallashtirishda ularning differensial belgilari (shakli yoki tasviridagi tafovutlar) muhim rol o‘ynaydi. Bu jihatdan grafemalar tovush tilidagi fonemalarga o‘xshaydi, chunki fonemalar ham, ma'lumki, differensial belgilar tufayli so‘z yoki morfemalarning moddiy qobig‘ini va ma'nolarini farqlaydifarqi shundaki, fonemalardagi differensial belgilar akustik-artikulatsion omillarga, grafemalardagi differensial belgilar esa optik-grafik omillarga asoslanadi. Masalan, tovuq va sovuq so‘zlarining ma'nolarini farqlashda "t" va "s" fonemalaridan birinchisining portlovchi, ikkinchisining esa sirg‘aluvchi bo‘lishi (akustik-artikulatsion tafovuti) tovush tili uchun qanchlik ahamiyatli bo‘lsa, shu tovushlarni yozuvda ifodalovchi va grafemalarining shakllaridagi tafovutlari (optik-grafik tasviri) tilning yozma formasi uchun shunchalik ahamiyatlidir.
Grafemalar o‘zlarining tildagi muqobili (kodlashtirilgan referenti) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra fonografema, prosodemografema, logografema va morfografema kabi tiplarga bo‘linadi.

Yüklə 62,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə