Guliston davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/14
tarix09.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#116309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ESHPO\'LATOVA MUNISA KURS ISHI

Funksional tizim - bu bir vazifani bajarish uchun bir qancha anatomik hamda fiziologik tuzilmalarni birlashtiradigan dinamik tuzilma bo‘lib, turli nerv sistemalarida joylashgan. Psixologlar (A.R.Luriya, A.N.Leontev) doimiy ravishda oliy psixik funksiyalarning fiziologik negizi markaziy nerv sistemasi yoki uning alohida qismlari bo‘lib qolmasdan, balki miya qobig‘idagi funksional sistemaning birgalikda ishlashi deb ta’kidlaganlar. Bola hayot faoliyati jarayonida ushbu funksional sistemaning shakllanishi, sekin-astalik bilan murakkab xarakterga ega bo‘lib, funksional bog‘liqlik mustaxkamlanadi. Ushbu ilmiy nizom inson psixikasini rivojlanishi haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirdi. Fiziolog va psixologlarning tadqiqotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, alohida funksiyalar sistemasining yetilganligi ma’lum bir rivojlanish davrida bir xil emas: ba’zi sistemalar shakllanib bo‘lgan, ba’zilari esa endi shakllanadi. Shunga ko‘ra, funksiyalarning rivojlanish tizimi bir xil emas ekan, deb xulosalash mumkin. Har bir funksional sistema, xatto alohida zonalari o‘zining rivojlanish dasturiga ega, lekin ular bir butunlikda ish olib borishadi. Har bir yosh davrda ma’lum bir funksional sistema yetuklik darajasida bo‘lishi kerak, aks xolda ushbu sistemalar faoliyati o‘zaro aloqadorlikda amalga oshirila olmaydi (L.O.Badalyan). Shunday qilib, psixik jarayonlar va shaxs xususiyatlari bosh miyaning alohida qism yoki zonalarida yetuklik natijasi hisoblanmaydi. Ular ontogenezda to‘planadi hamda bolaning ijtimoiy rivojlanish vaziyatiga bog‘liq bo‘ladi.
L.S.Vigotskiy o‘zidan oldingilarni (G.Ya.Troshin, A.S.Griboedov, E.Segen, M.Montessori va boshqalar) ishlarini umumlashtirdi hamda anomal rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Ushbu konsepsiyaning asosiga psixologik rivojlanishning madaniy-tarixiy nazariyasi kiradi, buni L.S.Vigotskiy rivojlanishning normal hususiyatlarini o‘rganib ishlab chiqqan. L.S.Vigotskiyning anomal rivojlanish konsepsiyasining asosiy belgilari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ular XX asrning 50-90 yillardagi T.A.Vlasova, J.I.Shif, V.I.Lubovskiy, V.V.Lebedinskiy, Ye.M.Mastyukova va boshqa olimlarning ishlarida o‘z rivojini topgan.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə