Guliston davlat pedagogika instituti


Bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarini psixologik-pedagogik tashxis qilishning metodologik tamoyillari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə5/14
tarix09.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#116309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ESHPO\'LATOVA MUNISA KURS ISHI

1.2 Bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarini psixologik-pedagogik tashxis qilishning metodologik tamoyillari. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga samarali ta’lim, tarbiya berish, ijtimoiy moslashuvini yaratish uchun uning rivojlanish imkoniyat va xususiyatlarini to‘g‘ri baholay olishga bog‘liqdir. Bu vazifani rivojlanish nuqsonlarini kompleks psixologo-pedagogik diagnostika qilish orqali amalga oshirish mumkin. Psixologo-pedagogik diagnostika rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning kamchiliklarini aniqlash, bolaning psixik-jismoniy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda unga individual psixologo-pedagogik yondashuvni ta’minlaydi.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu bolalarni psixik va jismoniy rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim sharoitlari yaratilgan. Bunday sharoitlar avvalo har bir bolaning xususiyatlari e’tiborga olgan xolda yakka yondashuvni talab etadi. Ushbu yondashuv maxsus dastur, metod, kerakli maxsus texnik vositalarni, maxsus tayyorgarlikga ega pedagog, psixolog, defektolog va boshqalar bilan birgalikda kerakli tibbiy -profilaktik hamda davolov tadbirlarini, maxsus ijtimoiy yordamni, maxsus ta’lim muassasalarini texnik va ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kunda turli xil maxsus ta’lim muassasalari mavjud. Bolalar puxta saralash natijasida qabul qilinishi mo‘ljalangan va O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus ta’lim dasturlarini amalga oshiradigan maxsus ta’lim muassasalar bilan bir qatorda turli reabilitatsiya markazlari, rivojlantirish markazlari, aralash guruhlar va h.q.lar ochilgan.
Shuningdek, umuta’lim maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarda psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni uchratish mumkin. Ushbu nuqsonlarning ko‘rinishi turlicha bo‘lishi mumkin. Son jihatdan yirik bo‘lgan guruhni harakatlanish, sensor yoki intellektual sohalarda nuqsonlari aniq ifodalanmagan: eshitishda, ko‘rishida, fazoviy-idroq tassavurlarida, harakat-tayanch apparatida, fonematik idrokida nuqsoni bo‘lgan, hissiy-irodaviy buzilishli, nutqiy rivojlanishida kamchiliklarga ega, xulq buzilishlariga ega, psixik rivojlanishi orqada qolgan, somatik sust bolalar tashkil etadi. Yaqqol ifodalangan psixik yoki jismoniy rivojlanishdagi nuqsonlar maktabgacha yoshda aniqlansa, yengil nuqsonlar uzoq vaqt mobaynida e’tiborsiz qoladi. Rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxis qilish uch bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich - skrining nomini olgan. Ushbu bosqichda bola rivojlanishidagi orqada qolish, psixik -jismoniy kamchiliklari aniqlanadi, lekin ularning xarakteri va chuqurligi belgilash murakkab bo‘ladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə