Guliston davlat universiteti fizika kafedrasi



Yüklə 56,58 Kb.
səhifə3/11
tarix22.04.2023
ölçüsü56,58 Kb.
#106647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Guliston davlat universiteti fizika kafedrasi

Fanning vazifasi - talabalarning bilimiga. o’quviga va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar darajasida kvant mexanika asoslari fanini aniq, ravon va sodda holda bayon qilish va bu sohada qilingan zamonaviy ilmiy ishlar bilan tanishtirishdan iboratdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga kuyidagi talablar qo’yiladi.
Talaba:
kvant mexanika asoslari fanining fizik asoslari, kvant mexanikasining matematik apparati, vaqt o’tishi bilan holatlarning o’zgarishi, bir o’lchamli masalalar,markaziy kuch maydondagi harakat, zarrachalarning spini va ularning aynan o’xshashligi, g’alayonlanish nazariyasi, kvant mexanikasining atom sistemalari uchun tadbig’i, sochilish nazariyasi, relyativnstik kvant mexanikasining elementlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
-Kvant mexanika asoslarining matematik apparatini anglay va izoxlay olishni,
-Kvant mexanika asoslarining asosiy nazariyalarini - markaziy maydondagi zarracha harakatining nazariyasi, g’alayonlanish nazariyasi. kvant sochilish nazariyasini. kvant mexanikasining atom sistemalari nazariyasini fizik sistemalar va jarayonlarni yoritishda qo’llashni - Nazariy bilimlarini real fizik masalalar. turli maydonlardagi harakatlarni yoritish va hal qilishga bilishi va ulardan foydalana olishi;
- Nazariy bilimlarni namunaviy fizik masalalarni turli usullar bilan hal kilishga qo’llashni

  • Turli maydonlardagi harakatni o’rganish va tatbiq qilishni

  • Operatorlar nazariyasidan foydalangan holda kvant sistsmalarni ifoda kilish

-Kvant mexanikasining asosiy nazariyalarini - markaziy maydondagi zarracha harakatining nazariyasi, g’alayonlanish nazariyasi. sochilish nazariyasini. kvant mexanikasining atom sistemalari nazariyasini fizik sistemalar amaliyotida qo’yiladi.

  • Nazariy bilimlarini real fizik masalalar. jumladan turli maydonlardagi harakatlarni yoritish va hal kilishga kullash

  • Fundamental tushunchalar asosida tabiat qonunlarini anglay va izohlay olish ko’nikmalariga )ga bo’lishi kerak.

III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
1 (5) mavzu: Bir o’lchamli masalalar
Kvaziklassik yaqinlashish.Chiziqli garmonik ostsillyator, uning energiyasi, xususiy funktsiyalari va xususiy qiymatlari.
2(6) -mavzu. Tasavvurlar nazariyasining elementlari
Kvant mexanikasidagi unitar almashtirishlar.Koordinata va impuls tasavvurlari.Kvant mexanikasining matrik ko’rinishlari.Energetik tasavvur. Geyzenberg tasavvurida sistemaning evolyutsiyasini ifodalash.
3 (7) mavzu. Markaziy kuch maydonidagi zarrachaning harakati
Markaziy kuch maydonida zarrachaning umumiy nazariyasi, o’zgaruvchilarni ajratish,Shredingkerning radial tenglamasi. Kulon maydonidagi harakat.Vodorod atomi: kvant sonlari,energetik spektr,xksksiy funktsiyalari,yadro harakatining inobatga olinishi.
4(8) -mavzu. Spin va zarrachalarning aynan o’xshashligi.
Elektron va boshqa elementar zarrachalarning spini. Shtark- Gerts tajribasi. Elektron spini operatorlari. Pauli matritsalari. Spin funktsiyalari.Pauli tenglamasi. Magnit maydonida spektral chiziqlarning ajralishi. Harakat miqdorining to’la momenti.Zarrachalarning aynan o’xshashlik printsipi. Bozonlar va fermionlar. Simmetrik va antisimmetrik holatlar. Boze zarrachalari va Fermi zarrachalari. Pauli printsipi. Aynan o’xshash zarralar sistemasi uchun to’lqin funktsiyalari.
5 (9) -mavzu.G’alayonlanish nazariyasi
Statsionar masalalar uchun g’alayonlanish nazariyasi.Aynish mavjul bo’lgan holda g’alayonlanish nazariyasi. Elektr maydonida spektral chiziqlarning ajralishi. Shtark effekti. Magnit maydonida spektral chiziqlarning ajralishi. Zeeman effekti. Statsionar bo’lmagan masalalar uchun g’alayonlanish nazariyasi.G’alayonlanish ta’sirida kvant o’tishlarning ehtimolligi.

Yüklə 56,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə