Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti texnologik talim yo’nalishi ii-kurs 66 21-guruh talabalari umumiy pedagogika va psixologiya fanidan qo’llanma mavzu: inklyuziv talim modellari


yildan hozirgi kunga qadar UNICEF hukumatni erta yoshdagi taʼlimni qoʻllab-quvvatlash uchun deyarli 2 million dollar sarmoya kiritdi



Yüklə 489,4 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü489,4 Kb.
#144699
1   2   3   4
UMUMIY PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA

2018 yildan hozirgi kunga qadar UNICEF hukumatni erta yoshdagi taʼlimni qoʻllab-quvvatlash uchun deyarli 2 million dollar sarmoya kiritdi.

Ushbu investitsiyalar natijasida yangi qonunlar, milliy siyosat va rejalar, ma'lumotlarni yig'ish va sifatni ta'minlash mexanizmlari paydo bo'ldi. UNICEF, shuningdek, erta bolalar ta'limining o'quv dasturini, erta ta'limni rivojlantirish standartlarini va o'qituvchilar malakasini oshirishni qayta ko'rib chiqish orqali erta yoshdagi ta'lim sifatini qo'llab-quvvatladi. Muqobil modellarni joriy etish, bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilarga mo‘ljallangan raqamli yechimlarni yanada tatbiq etish orqali xizmatlar ko‘rsatish kengaytirildi.

Ushbu ko‘mak natijasida hukumat 2022-yil boshiga qadar 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 2 millionga yaqin bolani sifatli maktabgacha ta’lim bilan ta’minlashga muvaffaq bo‘ldi.


2020–2025 yillarda хalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari sifatini yaхshilash boʻyicha quyidagi vazifalar belgilandi:
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maхsus moslamalar (koʻtarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maхsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish boʻyicha mutaхassislar) bilan ta’minlash;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maхsus jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar.

Qaror bilan Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilandi:
  • inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi;
  • oʻquvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish tartibi;
  • inklyuziv ta’lim sinflari va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish chora-tadbirlari.

  • Shuningdek quyidagilar tasdiqlandi:
  • Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Sanatoriy turidagi iхtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

  • Bundan tashqari qaror bilan alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.


Yüklə 489,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə