Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Kurs ishini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar



Yüklə 327,5 Kb.
səhifə3/18
tarix24.12.2023
ölçüsü327,5 Kb.
#159321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
portal.guldu.uz-Metodik ko`rsatma

3. Kurs ishini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar

Kurs ishini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar quyidagilar hisoblanadi:


1. Kurs ishi texnik va ilmiy xujjatlarni kompyuterda terish qoidalariga muvofiq ravishda standart qog’ozning bir tomoniga yozilgan bo’lishi kerak. Rasm va jadvallar umumiy talablarga qat’iy rioya qilingan holda, ya’ni rasm osti yozuvlari va rasm nomi, tartib raqami, havola, izoh, xulosalar bilan birga berilishi hamda matnda uchrashiga ko’ra tartib bilan joylashishi kerak.
2. Kurs ishida sahifalar, jumladan, jadval va rasmlar ham, oddiy usulda raqamlanadi. Sahifalash mundarijadan boshlanadi.
3. Grafik, jadval, hujjat, ishning taxliliy va tajriba qismlarini izohlovchi hisob-kitob ko’rinishidagi ikkinchi darajali materiallar kurs ishining ilovasida berilishi mumkin.
4. Grafik material mavjud talablarga muvofiq ravishda standart qogozda bajarilishi kerak.
5. Kurs ishining barcha qismlari mavzu va rejaga mos ravishda o’zaro mantiqiy bog’liqlikda bo’lishi lozim. Ish foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati bilan yakunlanadi.
6. Kurs ishini rasmiylashtirishda quyidagi talablarga javob berish zarur:
- matnda ishning tuzilishi aniq belgilanadi: rejaga muvofiq uning asosiy bo’limlari ajratiladi, rejadagi barcha masalalar chuqur va to’liq yoritiladi, fikrlar ilmiy uslubda bayon etiladi;
- foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati ilovadan oldin beriladi;
- manbalarga havolalar (manbaning muallifi, nomi, nashr joyi, yili, sahifa) varaqning quyi qismida yoki kvadrat qavsda ko’rsatiladi;
- Kurs ishining sahifalari tikiladi va maxsus jildga yig’iladi, jildning muqovasi ish titul varag’ining aynan nusxasi bo’lishi lozim.
Tugallangan kurs ishi muallif va maslaxatchi (yoki maslaxatchilar, agar ular talabaning ishiga raxbarlik qilgan bo’lsalar) tomonidan imzolanadi hamda raxbarga taqdim etiladi.
O’n kun ichida rahbar kurs ishiga taqriz yozadi. Taqrizda ishning barcha bo’limlari tavsiflanadi. Unda ijobiy jihatlar, kamchiliklar, muallifning mustaqil fikrlash darajasi, talabada ilmiy adabiyot bilan ishlash va tajriba-sinov tadqiqotini tashkil etish ko’nikmasining mavjudligi, olingan natijalarning ahamiyati va asoslanganligi, ularni amalda qo’llash imkoniyatlari hamda kurs ishini himoyaga tavsiya etish haqidagi xulosa.
Kurs ishi raxbarning taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etiladi. Kafedra mudiri kurs ishini himoyaga tavsiya etish masalasini hal etadi va ishning tegishli joyiga imzo chekadi.
Kafedra barcha talablarga javob beradigan, yakunlangan kurs ishini taqdim etgan talabalarni ximoyaga tavsiya etadi. Agar ishning sifati bilan bog’liq e’tirozlar mavjud bo’lsa, uni himoyaga qo’yish masalasi ilmiy rahbar ishtirokida o’tadigan kafedra majlisida xal etiladi.

Yüklə 327,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə