Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə31/53
tarix24.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99096
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
portal.guldu.uz-O’ZBEK ADABIYOTI (POEZIYA)

Muhokama uchun savollar:

    1. A.Oripovning qaysi xislatlari sizga yoqadi?

    2. Shoir ijodida hayotiy tafsilotlar bormi?

2-savol bo’yicha dars maqsadi:
Shoirning o’ziga xos poetikasi bilan talabalarni tanishtirish.
2-savol bayoni:
1-she’riy to’plami «Mitti yulduz» (1965) nashr etildi. «Ko’zlarim yo’lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1971), «Buloq» (1971), «O’zbekiston» (1971), «Xotirot» (1974), «Yurtim shamoli» (1974), «Hayrat» (1974), «Yuzma-yuz» (1979), «Hakim va ajal» (1980), «Najot qal’asi» (1981), «Surat va siyrat» (1984), «Yillar armoni» (1987), «Ishonch ko’priklari» (1989), «Munojot» (1992) kabi qator she’riy to’plamlari bor.. Shoir she’riyatini Vatan mavzusi,hayot falsafasi va ziddiyati aks etgan she’rlar,Muhabbat lirikasi, xorijiy hayot mavzusi, hazil she’rlar kabi turkumlarga bo’lib o’rganish mumkin.
Adibning Vatan mavzusidagi she’rlariga "Ona sayyora","O’zbekistonda kuz", "Yurtim shamoli", "O’zbek paxtasi", "Qarshi qo’shig’i", "O’zbekiston" larni kiritishimiz mumkin.
Hayot falsafasi va ziddiyatlari aks etgan she’rlarga shoirning "Burgut", "Temir odam","O’ylarim", "Turmush tashvishlari", "Ishonch ko’priklari", "Olomonga" va boshqa ko’plab she’rlarini kiritish mumkin.
Muhabbat lirikasiga esa "Birinchi muhabbatim", "Eslash", "Uni ko’rsam", "O’ylardimki", "Qasamdara" kabi qator she’rlarini kiritish mumkin.
Xorijiy hayot mavzusidagi she’rlariga "Tunislik bola", "Meksika", "Afg’oniston yoshlariga", "Yiroq Evropada" she’rlarini kiritish mumkin.
Hazil she’rlari turkumiga "Tulki falsafasi", "Turmush tashvishlari", "G’alati zot", "Guruhboz", "Maymuniyat" va boshqa ko’plab she’rlarni kiritish mumkin.
Shoirning poetik tarjimalariga Dantening "Ilohiy komediyasini"ning "Do’zax" qismini kiritish mumkin.
Muhokama uchun savollar:

    1. A.Oripovning she’riyatidagi chuqur falsafiy ruh ustunligi omillari nimalarda deb o’ylaysiz?

    2. A.Oripov hajviyoti haqida nima deysiz? Ushbu hajviyotning Erkin Vohidov hajvidan nima farqi bor.

    3. «Hakim va Ajal» dostoni g’oyasi haqida nima deya olasiz?


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə