Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə35/53
tarix24.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99096
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
portal.guldu.uz-O’ZBEK ADABIYOTI (POEZIYA)

Asosiy savollar:

  1. Shoir hayot yo’li haqida.

  2. Shoir she’riyati haqida ma’lumot.

Mavzuning tayanch tushuncha va iboralari:
Taxayyulli tafakkur, raufona uslub, modern she’riyat, she’riy to’plamlar, sarbast, sonet janri namunalari, lirik qahramon, poetik obrazlar, tabiqt obrazlari, ramzlar va h.k.
Mavzuga oid muammolar:

  1. Rauf Parfi she’riyatidagi chuqur iztirobning sabablari nimalarda ko’rinadi. Nima uchun u iztirobni kuylaydi?

  2. Shoir shshe’rlarining aksariyatida tabiat obrazlari aks ettirilganligining boisi nimada deb o’ylaysiz?

1 – dars bo’yicha dars maqsadi.
Talabalarni Rauf Parfi hayot yo’li bilan tanishtirish.


Identiv o’quv maqsadlari

    1. Shoir hayot yo’li bilan tanishadi.

    2. . Hayot yo’lidagi chigalliklar haqida ma’lumotga ega o’ladi.

    3. . Shoirning hayot yo’lini ijodidagi muhim jihatlar bilan bog’laydi.

1 – asosiy masalaning bayoni:
U 1943 yilda Toshkent viloyatiga qarashli Yangiyo’l tumanining Sho’ralisoy qishlog’ida tug’ilgan. 1960-1965 yillarda ToshDUning Filologiya fakultetida taxsil olgan. Birinchi she’ri 1957 yilda matbuotda e’lon qilingan. Dastlabki she’riy to’plami “Karvon yo’li deb atalib, 1968 yilda matbuotda e’lon qilingan. Shundan so’ng quyidagi poetik to’plamlari e’lon hilindi: “Aks-sado”(1968), “Tasvir” (1970), “Xotirot”(1974), “Ko’zlar”(1976), “Qaytish” (1981), “Sabr daraxti” (1986), “Sukunat”(1989), “Tavba” (1999), “So’nggi vido” (2006) .
Shoir O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi va Xalqaro Mahmud Qoshg’ariy mukofotiga sazovor bo’lgan.
U 2005 yil og’ir xastalikdan so’ng vafot etdi.
Rauf Parfi ijodi o’ta original, adabiyotga va kitobxonlar orasiga o’ziga xos qiyinchiliklar va murakkabliklar bilan kirib kelgan she’riyatdir. 60-70 yillar va xatto 80-yillarning boshida ham tanqidchilik Rauf Parfi ijodini hali kashf etmagan, uning she’rlari keng kitobxonlar orasiga hali singishimagan, shuning uchun ham murakkab ijod hali o’zining ob’ektiv va munosib baxosini olmagan edi, desak xato bo’lmaydi.
Xo’sh, bunga sabab nima edi? Buning kamida ikki sababini ko’rsatish mum-kin bulardan biri - shoir uslubining chindan ham o’ziga xos ichki murakkabligi, uning faqat o’zigagina xos bo’lgan dunyoni ko’rish va tasvirlash usulining adabiyotimiz uchun yangiligi edi. "Yashna Vatan, jon Vatan" tipidagi sodda she’riyatga o’rgangan kitobxon bunday usulni tushunib olish va kabul qilishi ancha qiyin kechdi.Oddiy kitobxon nari tursin, xatto ayrim tanqidchilar tilida ham "bu she’rlarni tushunib bo’lmaydi" degan gaplarni eshitib qolish mumkin edi.
Ikkinchidan, Rauf Parfining she’riyatidagi o’ziga xos o’ychanlik, maxzunlik, dardchanlik ayrim tanqidchilar tomonidan tushkunlik, ilojsizlik, Fojeaga moyillikni bo’rttirib tasvirlash deb talqin qilingan va bu narsa adabiy tsenzurani bu she’riyatga sergak va ehtiyotkor yondoshishga moyil qilgan edi. Shu sababdan bo’lsa kerak, shoir asarlari matbuotda o’zoq bosilmay yotar, e’lon qilingan har bir she’rdan esa "kiyik" axtarilar edi. Bu munosabat RauF Parfi she’rlaridagi tushkunlik kayfiyatlarini yanada chuqurlashtirar edi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə