Guliston davlat unversteti ishlab chiqarish instituti mustaqil ish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə7/9
tarix27.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#132426
1   2   3   4   5   6   7   8   9
m1

Profaza boshlang’ich faza bo’lib, bunda yadro xromosomalari shakllana boshlaydi, ya'ni spirallashadi. Bu fazada xromosomalarning har biri ikki qismdan iborat ekanligi ko’rinib turadi, yadrocha yo’qoladi, yadro po’sti eriydi, yadro va sitoplazma moddalari hisobidan bo’linish hosil bo’ladi.
Metafaza ikkinchi faza bo’lib, xromosomalar hujayra yadrosining markazida ekvator bo’ylab joylashadi. Har qaysi xromosoma uzunasiga o’rtasidan teng ikkiga bo’linib, ikkita xromotidni hosil qiladi. Qutblarga tortilgan xromatin iplari hosil bo’lib, uning bir uchi xromatidning sentromeriga tutashgan bo’ladi.
Anafaza bo’linishning uchunchi fazasi bo’lib, xromatin iplari qisqara boshlaydi. Xromatidlar qarama-qarshi joylashgan qutblarga qarab tortiladi va ular asta-sekin spirallashib yo’qola boshlaydi.
Telofaza bo’linishning oxirgi fazasi bo’lib, yadro bo’linib bo’lgandan so’ng hujayra bo’lina boshlaydi, ya'ni kariokinez tugab sitokinez boshlanib, ikkita bir-
biriga teng bo’lgan qiz hujayra hosil bo’ladi, xromosomalar ko’rinmaydi, yadrocha shakllanadi yadro membranasi hosil bo’ladi. Shunday qilib, ikkita qiz hujayra paydo bo’ladi.
Meyoz (yunon. meyozis-kamayish, ozayish) hujayraning murakkab bo’linish shakllaridan biri bo’lib, unda reduksiya jarayoni yuz beradi. Meyoz vaqtida hujayrada xromosomalar soni ikki marta kamayadi. Shuning uchun ham bu jarayon reduksion bo’linish deb ataladi. Meyoz jarayonini ilk bor rus olimi Belyayev (1885- 1888), Strasburger (1888) va nihoyat Flemmin (1889) tomonlaridan o’rganilgan. Bu jarayon hamma jinsiy hujayralarda ko’rinadi.
Meyoz ikki marta bo’linish jarayonidan iborat bo’lib, yadroning birinchi bo’linishi, ikkinchi bo’linishi bilan tugallanadi. Har ikki bo’linishda ham to’rt faza (profaza, metafaza, anafaza va telofazalar) takrorlanadi. Birinchi bo’linish (reduktsion)da xromosomalarning soni ikki barobar kamayadi, ikkinchi bo’linish ekvasion (lot. ekvalisteng-baravar) bo’linishda xromosomalar teng ikkiga bo’linadi; bu mitoz bo’linish yo’li bilan boradi

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə