Guliston davlat unversteti ishlab chiqarish instituti mustaqil ish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/9
tarix27.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#132426
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
m1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI



GULISTON DAVLAT UNVERSTETI
ISHLAB CHIQARISH INSTITUTI




MUSTAQIL ISH


Mavzu: O’SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISH XUSUSIYATLARI. HUJAYRA BOSQICHLARI


BAjardi: 40-23- guruh talabasi
esirgapov doston
TekshirdI: _______________________
Guliston - 2023





REJA



  1. O’simlik hujayrasining tuzilishi. Ularning shakllari va o’lchamlari

  2. Parenxima va prozenxima hujayralari. Hujayra qobig’i

  3. Sitoplazmatik membrana. Sitoplazma. Protoplast

  4. Organoidlar. Hujayraning bo’linishi

O’simlik organlari haqida umumiy tushuncha. Hujayra haqidagi ta’limotlar hujayraning kashf etilishi mikroskopning yaratilishi bilan bog`liqdir. Mikroskop so’zi grekchadan olingan bo’lib, “mikro” kichik, “scopeo” ko’raman degan ma’noni anglatadi


“Kletka” grekcha “ketos” so’zidan olingan bo’lib, bo’shliq degan ma’noni anglatadi. Hujayraning kattaligi mikron (mk) millimetrning mingdan bir bo’lagini tashkil etadigan kattalik bilan o’lchanadi.
XVI asr oxiri va XVII asrining boshlarida optik asboblar ustasi gollandiyalik Gans va Zaxariy Yansonlar mikroskop kashf etdilar. Zamonaviy linzalar bilan jihozlangan qudratli yorug`lik mikroskoplari buyumini 2500 martagacha katta qilib ko’rsata oladi (0.2 mk). Hujayrani o’rganishning bir qancha usullari bo’lib, shulardan biri yorug’lik mikroskopidir. Zamonaviy linzalar bilan jihozlangan qudratli yorug’lik mikroskoplar tekshiriladigan mikroob'ektlarni 2000 martagacha katta qilib ko’rsatadi va kattaligi 0,2 mk ga teng bo’lgan zarrachalarni ko’rish imkonini beradi. Bu mikroskopning quvvati cheklangan bo’lib, 0,2 mk dan kichik bo’'lgan obe'ktlarni ko’rib bo’lmaydi. Elektron mikroskopning kashf etilishi submikroskopik tuzilishlarni o’rganish imkonini beradi. Elektron mikroskopning yorug’lik mikroskopidan farqi shundaki, unda ko’rish uchun yorug’lik o’rnida katta tezlikda
harakatlanayotgan elektronlar oqimi ishlatiladi. Tasvirni katta qilib ko’rish va nurlar taramini fokusga yig’ish maqsadida bu mikroskopda optik linza o’rniga magnit maydonidan foydalaniladi. Elektron mikroskop yordamida mikroob'ektlarni 200000 marta va undan ham ortiq darajada kattalashtirib ko’rish mumkin. Elektron mikroskop bilan tekshirishlarda maxsus o’lchov birligi nanometr (nm) ishlatiladi (1 nanometr 0,0001 mk ga teng). Bizga ma'lum bo’lgan viruslarning eng kattasi tamaki mozaykasining virusi bo’lib, uning uzunligi 250 nm yoki 0,025 mk dir. Mikromanipulyatorning yaratilishi tirik hujayrada operatsiya o’tkazish mumkinligini tug’dirdi. Bu asbob yordamida hujayradan u yoki bu organoidni olib tashlash yoki qo’yish, hujayraga har xil moddalarni kiritish, bu moddalarning elektrik faolligini o’lchash mumkin, hujayraning tirik qismlarini o’rganish maqsadida keyingi yillarda qarama-qarshi fazali (fazovo-kontroyli) mikroskop kashf etildi. Qarama-qarshi fazalar mikroskopda yorug’lik nuri hujayraga ma'lum burchak ostida yo’naltiriladi. Bunda hujayraning ba'zi joylari qolgan qismlariga qaraganda qoraroq (to’qroq) ko’rinadi. Bu esa tirik hujayraning oddiy mikroskopda ko’rib bo’lmaydigan ko’pgina qismlarini ko’rish imkonini beradi
XVII asrda o’simlik organizmlarining hujayraviy tuzilishi aniqlandi. 1665 yili ingliz fizigi Robert Guk (1636-1703) o’zi takomillashtirgan mikroskopi orqali po’kak bo’lagi, marjon daraxti o’zagi, ukrop va boshqa o’simliklarni o’rganib uning natijalarini o’zining "Ba'zi bir mayda narsalarni tasvirlash" asarida bayon etdi. Bu asarda Guk birinchi bo’lib "hujayra" atamasini ishlatgan.
O’simliklar anatomiyasi haqidagi birinchi asar angliyalik Gryu va italiyalik Malpigilar tomonidan yozildi. Gryu o’z ishlarini "O’simliklar anatomiyasining boshlanishi" (1682). Malpigi esa ikki jildli "O’simliklar anatomiyasi haqida tasavvurlar"(1671) nomli asarlarida chop etdilar. 1831 yili Robert Braun hujayra yadrosini aniqladi va yadro hujayra hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi fikrni olg’a surdi. 1884 yili rus olimi P.F.Goryaninov (1796-1856), keyinchalik chex olimi Yan Purkine va uning shogirdlari hujayra ichidagi tiriklik massasiga katta ahamiyat berdilar. 1830 yili Purkine u massani protoplazma deb atadi.
Hujayra nazariyasini yaratishda o’zining katta hissasini qo’shgan olimlardan botanik Mattias Shleyden (1804-1881) va zoolog Teodor Shvann (1810-1882) bo’ldi. Hamma tirik organizmlar hujayra tuzilishiga ko’ra ikki katta olamga: prokariotlar va eukariotlarga bo’linadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə