Gullar shahriga sayohat


Bolalar: Ha Tarbiyachi



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə2/3
tarix10.11.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#132718
1   2   3
O\'rta mart 4-hafta Hashorotlar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bolalar
Bolalar: Ha
Tarbiyachi: Judayam yaxshi endi keyingi hashorotimiz bilan tanishamiz . Keyingi rasmga qaraymiz.
Bu rasmda nima tasvirlangan? Bu rasmda asalarini ko`ramiz .
Asalari qanday ovoz chiqarib uchadi ―Vizz-vizz deb ovoz chiqaradi bolajonlar. Qani qaytaraylikchi?
Bolalar: Vizz-vizz, vizz-vizz
Tarbiyachi: Barakalla! Bilasizmi bolalar asalari
bizga ko`p mehnatlar qilib, mazzali bo`lgan asalni
yig`adi. Shuning uchun asalari bizning do`stimiz.
Keling bolalar men sizlarga keyingi hashorotni ertak orqali tanishtiraman.
Bir bor ekan, bir yo`q ekan. Qadim zamonda bir chumoli bo`lgan ekan.
Bolalarga chumolining rasmi ko`rsatiladi.
Kunlardan bir kun chumoli yo`lda ketayotib bir kishiga yo`liqibdi. U odam barcha qushlar va jonzotlar tilini bilarkan.
-Nega boshing bunchalar katta?- deb so`rabdi odam chumolidan.
-Nimagaki boshim aql-zakovatga to`la,- deb javob beribdi chumoli.
-Nega beling bu qadar ingichka?- yana so`rabdi odam.
-Chunki juda kam ovqat yeyman?- debdi chumoli.

-Xo`sh, qancha ovqat yeysan?- so`rashda davom etibdi odam.


-Bitta bug`doy doni menga bir yilga yetadi,- deb javob qaytaribdi chumoli.
-Ko`ramiz, bitta bug`doy doni bir yilga yetarmikin,yo`qmi,- debdi odam va qalpog`ini astarini ochib, ichiga chumoli bilan bir dona bug`doy donini solib qo`yibdi.
Oradan bir yil o`tibdi. Odam chumoli haqida butunlay unutib yuboribdi. Ikkinchi yil tugay deganida birdan chumoli bilan kelishuv esiga tushibdi. Qalpog`ining astarini ochib ko`rsa, chumoli hamon o`tirganmish, yonida yarimta bug`doy doni turganmish.
-Bitta bug`doy doni menga bir yilga yetadi deganding, ikki yil o`tsa ham zaxirangda donning yarmi turibdiku - debdi hayratlanib odam.
-Meni qalpog`iga tiqib qo`ygan tentak umuman esidan chiqarvorsa kerak deb o`ylab, ochdan o`lmaslik uchun bug`doy donini to`rt qismga bo`lgandim - javob qaytaribdi chumoli.
D emak rasmda qaysi hashorot tasvirlangan ekan?

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə