Gumanitar fanlar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə58/127
tarix17.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#85563
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   127
Yosh Psixologiyasi (jismoniy madaniyat va Musiqa

Irodani tarbiyalash. Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ham har xil bo'lishi mumkin. Ularning hammasi quyidagi shartga amal qiladi: 1. Irodani tarbiyalani nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo'lmagan qiyinchilikni, vaqt o'tishi bilan esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda yenga bori, kishi o'z irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi. Har bir qarshilkni «bo'ysindirilmagan qal'a» sifatida baholash lozim va bu qal'ani «olish uchun» barcha imkoniyatni ishga solish kerak. 2. Qiyinchiliklarni, to'siqlarni bartaraf etish ma'lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshirish. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo'lsa, irodaviy motivlar darajasi yuqori bo'lsa, kishi shunchalik katta qiyinchliklarni bartaraf etishga qodirdir. 3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilsa kishining irodasi izdan chiqadi. 4. Agar kishi uzoqqa mo'ljallangan maqsadni oldiga qo'ygan taqdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi kerak. Bu maqsadga erishish bosqichlarini ko'rishi, ya'ni kelajakka mo'ljallangan istiqboolni ko'ra olish juda muhim.

Irodali kishi-o'z vaqtining xo'jayini. O'z faoliyatini oqilona tashkil etar ekan, bu bilan u belgilangan narsani shoshilmasdan amalga oshiradi. O'z irodasini chiniqtirish uchun ishda va turmushda tarqoqlik va pala-partishlikka qarshi kun sayin kurash olib borishi kerak. Sport bilan muntazam shug'ullanishi kishi irodasini chiniqtiradi. Jismoniy mashq bilan shug'ullanishda qiyinchiliklarni bartaraf etish kishining faqat mushaklari emas, balki uning irodasini chinakam mashq qildirish hisoblanadi.




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə