Guruh: 102Mt bajardi: xatamova dilfuza Tekshirdi: gaziyeva Nigora



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə2/5
tarix04.07.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#119265
1   2   3   4   5
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi Latipova.pptx1

“Farzandlarimizning qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko‘plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar etishib chiqadi. Men bunga ishonaman” Sh.M.Mirziyoev Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 64-moddasiga binoan “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur”ligi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 51-moddasi (Voyaga etmagan ta’lim oluvchilar ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari)da shunday deyilgan: “Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning o‘qishi, tarbiyalanishi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun mas’uldir

Oilada bolani tarbiyalashda turli-tuman xatoliklar mavjud bo‘lib, ular orasida keng tarqalganlaridan biri ota-onalarning xukmdorlikka intilishlaridir. Bolaning har bir qadami nazoratga olinsa, bu uning xulqidagi mustaqil harakat qilish xislati shakllanmasdan yo‘qqa chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Oilada ota-ona tomonidan yo‘l qo‘yiladagan xatoliklardan biri - bolani erka o‘stirish, uning barcha talab va istaklarini so‘zsiz bajarishdir. Ota-onalar ba’zan bolalarning imkoniyatlariga etarli darajada baho berishmaydi va ularning vazifalarini o‘zlari amalga oshirishadi. Oqibatda bolada mustaqillik, mehnat qilish ishtiyoqi, topshirilgan ishga mas’uliyat hissi rivojlanmay qoladi. U o‘ziga mos ishni tanlab olib, oxiriga etkaza olmaydi va irodasiz bo‘lib qoladi. Inson kamolotiga ta’sir etadigan omillardan biri tashqi muhitdir. Muhit deganda kishiga tabiiy ta’sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tashqi muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti, mikro muhit kiradi. Inson kamolotida mikromuhit, ya’ni oila sharoiti katta ta’sir kuchiga ega. CHunki bola ko‘z ochib ota-onasi, qarindosh - urug‘ini ko‘radi. Uning intensiv jismoniy va psixologik rivojlanadigan davri oila ta’sirida shakllanadi. Oilaning hayot tarzi, undagi bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadigan tarbiyaviy muhit uning kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi


Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə