Guruh: 102Mt bajardi: xatamova dilfuza Tekshirdi: gaziyeva Nigora



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə4/5
tarix04.07.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#119265
1   2   3   4   5
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi Latipova.pptx1

Shaxs individual taraqqiyotining muxim omillaridan biri uning yoshiga bog`liq bo`lgan xususiyatlaridir. Chunki xar bir yosh o`zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklariga va o`zgarishlariga ega bo`lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilim jarayonlariga bevosita ta`sirini o`tkazadi. Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, unga aylanadi. Shaxs taraqqiyoti bo‘ysunadigan qonunlarga doir turli nuqtai nazarlar mavjud. Turli xil shaxs nazariyalari ko‘pchilikni tashkil etadi, ularning har birida shaxs taraqqiyoti muammosi o‘ziga xos holatda ko‘rib chiqiladi. Psixologik tahlil nazariyasi rivojlanishni insonning biologik tabiatini jamiyatdagi hayotga moslashuvi, insonda ehtiyojlarni qondirishning ma’lum himoya mexanizmlari va usullarining ishlanmasi sifatida tushuntiradi. Xususiyatlar nazariyasiga ko‘ra, shaxs xususiyatlari hayoti davomida shakllanadi, ularning hosil bo‘lish, o‘zgarish va barqarorlashtirish jarayonlari nobiologik qonunlarga bo‘ysunadi. Ijtimoiy ta’limot nazariyasiga ko‘ra, shaxs taraqqiyoti jarayoni odamlar o‘zaro ta’sirlashuvi ma’lum usullarining shakllanishi sifatida o‘rganiladi. Umuminsoniy va boshqa noyob hodisalar bilan bog‘liq nazariyalar «Men»ning vujudga kelish jarayoni sifatida tushuntiradilar.

Shaxs taraqqiyoti uning ijtimoiylashuvi va tarbiyasi jarayonida sodir bo‘ladi. Mavjudligining birinchi kunlaridan boshlaboq, inson o‘ziga o‘xshaganlar qurshovida bo‘ladi, turli xil ijtimoiy munosabatlar va o‘zaro harakatlarda qatnashadi. Birinchi ijtimoiy tajribani oilasi sharoitida orttiradi, so‘ngra turli jamoalar sharoitida shaxsining ajralmas qismiga aylangan sub’ektiv tajribani to‘plab boradi. Bu jarayon, shuningdek, individ tomonidan ijtimoiy tajribaning faol tarzda ishlab chiqarilishi ijtimoiylashuv jarayoni deb ataladi.

Foydalanilgan saytlar 1. https://cyberleninka.ru/article/n/tarbiya-jarayonida-oila-mahalla-hamda-ta-lim-muassasalarining-o-zaro-hamkorligi/viewer 2. file:///C:/Users/1111/Downloads/tarbiya-jarayonida-oila-mahalla-hamda-ta-lim-muassasalarining-o-zaro-hamkorligi.pdf 3. https://cyberleninka.ru/article/n/oilada-bola-tarbiyasi/viewer 4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Bolalikning_ilk_davri 5. https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12592-shaxs



Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə