Guruh talabasi Boxodirova shahruzaning tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik dasturiy vositalari


Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) -



Yüklə 28,49 Kb.
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü28,49 Kb.
#149458
1   2   3   4   5
pedagogik

Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) - kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta'lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy 15 vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta'minot, qo‘shimcha va yordamchi vositalar kiradi1.Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida
shaxsnitarbiyalash, unga ta'lim berishga yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ta'lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o‘ta qatiy hamda murakkab talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini to‘laqonlianglash imkoniyatiga ega, favqulotda ro‘y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal etuvchi malakali mutaxassisni tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj ta'lim jarayonini texnologik yondoshuv asosida tashkil etishni taqazo etmoqda.
Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogika fanining vazifalari doirasi kengayib bormoqda. Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalana olish mazkur fan oldiga ham qo‘yilgandir. Ayni vaqtda respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko‘lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor suratda qabul qilib olish, ularni tahlil etish,qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o‘quvchiga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammolarni ijobiy hal etishga xizmat qiladi. Ta'lim tizimini texnologiyalashtirish g‘oyasi o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy Yevropa hamda AQSHda ta'lim tizimini isloh qilish, ta'limsamaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta'minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o‘rtaga tashlandi. Mazkur g‘oya o‘tgan asrning 30- yillarida ta'lim jarayoniga “pedagogik texnika” (ta'lim texnikasi) tushunchasini olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta'lim) texnika (si)” tushunchasi “o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va vositalar yig‘indisi” tarzida talqin etildi hamda o‘quv jarayoniga o‘quv va labaratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali,unumli foydalanish, material mazmunini ko‘rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta'lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir, deya boholanadi.
XX asrning 50- yillarida ta'lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta'lim texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e'tirof etiladi, asosiy etibor o‘quvchilar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarni imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularniaxborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta'lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratiladi.
60- yillarning boshlarida ta'limni dasturlash asosida ta'lim jarayonini tashkil etish “texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko‘rina boshlandi. Dasturiy ta'lim o‘quvchilarga muayyan bilimlarni alohida qism xolida emas,balki izchil, yaxlit tarzda berishni nazarda tutadi.
Ta'lim jarayoninng yaxlit, maqbul dasturiga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQSHda faoliyat yurita boshlagan “dasturiy ta'lim va o‘rgatuvchi mashinalar bo‘yicha birlashgan qo‘mita” tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy ta'lim o‘zida ta'lim maqsadlari, ularni o‘zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta'lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi.

Yüklə 28,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə