Guruh talabasi Boxodirova shahruzaning tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu. Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik dasturiy vositalari



Yüklə 28,49 Kb.
səhifə4/5
tarix13.12.2023
ölçüsü28,49 Kb.
#149458
1   2   3   4   5
pedagogik

o‘rgatuvchi dasturlar - talabalarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi;

  • test dasturlari - egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;

  • mashq qildirgichlar - avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;

    Dasturiy ta'minotning «amaliy dasturlar paketi (ADP)», «uskunaviy pedagogik vosita (UPV)», «o‘quv pedagogik dasturi (O‘PD)», «avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimi (AO‘T)», «o‘qitishning yangi axborot texnologiyasi (O‘YAT)» kabi atamalar bilan qayd etish, bir obyektga turlicha nom berish tadqiqotchilarning o‘zaro fikr almashinuviga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Biz bundan keyin ta'lim jarayonida qo‘llanadigan dastur vositalarini «pedagogik dasturiy vositalar (PDV)» atamasi bilan qayd etamiz. Zero, mashg‘ulot jarayoni yaxlit bir tizim bo‘lib, u ham ma'lumotlarni bayon qilish, ham namoyish qilish, ham mashq qildirish, ham nazorat qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Shu bois mashg‘ulot jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan dastur vositalarining barcha turlarini yaxlit bir tizim sifatida qarab umumiy nom bilan PDV deb aytish maqsadga muvofiq hisobalanadi2.
    Pedagogik dasturiy ta'minotni rivojlantirishni baholash, birinchi navbatda, pedagogik dasturiy ta'minotning asosiy tushunchalarini, tasnifi va turlarini o‘rganish kerak.
    “Pedagogik dasturiy ta'minot” konsepsiyasi boshqacha talqin etiladi, ammo ko‘pchilik olimlarning fikrlari o‘xshashdir. Misol uchun, D.V.Kuxtin “Pedagogik dasturiy ta'minot ta'lim tizimini o‘rganish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan alohida dastur va dasturiy paket hisoblanadi” deb ta'riflaydi3.
    N.N.Gorlushkina “Pedagogik dasturiy ta'minot kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida o‘quv jarayonini texnologik qo‘llab-quvvatlash” ekanligini ta'kidlaydi4.
    Ta'limni kompyuterlashtirish ikki yo‘nalishda davom etmoqda: kompyuter savodxonligini ta'minlash va kompyuterdan o‘quv fanlarini o‘qitishda foydalanish.
    Birinchi yo‘nalish bo‘yicha ma'lum natijalarga erishilganligini qayd etgan holda, ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning qoniqarsiz ekanligini aytib o‘tish joiz: amaliyotda o‘rgatuvchi dasturlar deyarli yo‘q; PDVlarni yaratishga mutaxassis olimlar keng jalb qilinmagan; dastur vositalari va ulardanfoydalanish texnologiyasidan maktab o‘qituvchilari deyarli xabardor emas; PDVni yaratish texnologiyasining o‘zi haligacha psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy jihatdan mukammal tadqiq qilinmagan, ilmiy asoslanmagan, talabalarning real bilish imkoniyatlariga moslashtirilmagan.
    Shunday ekan, ikkinchi yo‘nalishga e'tiborni sezilarli darajada kuchaytirish zamon talabiga javob bera oladigan PDVlarni yaratish vaqti yetib keldi. Pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish jarayonida ham prinsp va talablarni hisobga olish kerak. N. N. Gorushkinning prinsplari orasida 4 guruhni aniqlaydi:

    • talabalarning fiziologik xususiyatlari;

    • kompyuter texnikasining texnik imkoniyatlari;

    • dizayndagi pedagogik tavsiyalar;

    • yaratilgan pedagogik dasturlarga tizim yondashuvi;

    I.Robert pedagogik dasturiy vositalarni rivojlantirishga qo‘yiladigan asosiy talablarga quyidagilarni keltiradi:






    Yüklə 28,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə