H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev


Kolloid sistemalarnng optik tekshirish usullari



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə21/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Kolloid sistemalarnng optik tekshirish usullari. Kolloid eritma
zarrachalarining o’lchami, shakli va strukturalarini aniqlash uchun optik tekshirish 
usullaridan
keng

foydalaniladi.


Shulardan, 
misol
nefelometriya 

usuli,
ul’tramikroskopiya usuli keng qo’llaniladi. 




Nefelometriya. Bu usul kolloid sistemalarning yorug’likning yoyilishiga
asoslangan. Bu hodisa asosida kolloid eritmalar konsentratsiyasini aniqlash uchun 
foydalaniladigan asbob nefelometr deyiladi. Nefelometrning ishlashi sinaladigan
zolda yoyilgan yorug’lik intensivligini standart zolda yoyilgan yorug’lik 
intensivligi bilan solishtirib ko’rishga asoslangan.




43


Nefelometr bir xildagi ikkita silindrik shisha idishdan iborat bo’lib, ularning
biriga standart zol, ikkinchisiga sinaladigan zol to’ldiriladi. Ikkala idish yon 
tomonidan yorug’lik manbai bilan yoritiladi. Bu vaqtda ikkala idishda ham
Faradey-Tindal’ effekti vujudga keladi. Zollardan yoyilgan nur asbobning tepa 
qismidagi okulyarga tushadi. Sinaladigan zolning konsentratsiyasi standart zol
konsentratsiyasiga teng bo’lmasa, ikkala zoldan yoyilgan yorug’likning intensivligi 
turlicha: okulyarda ko’rinadigan ikkita yarim doiraning biri yorug’roq va ikkinchisi
qorong’uroq bo’ladi. – rasmda oddiy nefelometr sxemasi ko’rsatilgan. 

- rasm. Nefelometr sxemasi


Zoldan yoyilgan yorug’likning intensivligi zolning konsentratsiyasiga 
proporsional bo’lgani uchun sinaladigan zolga va standart zolga tushgan nurlar bir
xil sondagi zarrachalardan yoyilganidagina okulyardagi ikkala yarim doira bir 
xilda yoritiladi. Silindrik shisha idishlardan birini yuqoriga ko’tarish yoki pastga
tushirish orqali idishlardagi zollarning yoritilayotgan balandliklarini o’zgartirib, 
okulyardagi ikkala yarim doirani bir xil yoritish mumkin.
Ikkala yarim doira bir xil yoritilganda zollarning yoritilayotgan qism 
balandliklari zollarning konsentratsiyasiga teskari proporsional bo’ladi, ya’ni:
2
1

2
1



C


C

h

h




44


Agar standart zolning konsentratsiyasi C
1
ma’lum bo’lsa, sinaladigan eritma 

konsentratsiyasi C


2
hisoblab topiladi, bunda h

1
-standart zolning yoritilgan qismi 


balandligi, h
2
-sinaladigan zolning yoritilayotgan qismi balandligi. 

Reley formulasiga ko’ra kolloid eritmada yoyilgan yorug’lik intensivligi


colloid zarrachalarning konsentratsiyasi v ga va kolloid zarracha hajmining 
kvadratiga υ
2
ga proporsionaldir. Lekin v υ ko’paytma zolning og’irlik 

konsentratsiyasi, ya’ni C ga proporsional bo’lgani uchun Reley formulasiga kirgan


barcha konstantalar o’rniga K
1
ni qo’yib quyidagi tenglamani chiqaramiz: 

I=K
1


C υ

Bu
tenglama 


yordamida
sinaladigan 
kolloid
eritmaning og’irlik 
konsentratsiyasini aniqlash mumkin: buning uchun sinaladigan zol zarrachalarining
o’lchamlari standart zol zarrachalarining o’lchamlariga teng bo’lishi kerak. Bundan 
tashqari, bu tenglama yordamida sinaladigan kolloid eritmadagi zarrachalarning
o’lchamlarini ham aniqlash mumkin.
Kolloid eritma zarrachalarining o’lchami 100 nm dan kichik bo’lganligi
sababli ularni oddiy mikroskopda ko’rib bo’lmaydi. 1903 yilda avstriyalik fizik 
R.Zigmondi Faradey-Tindal’ effektidan foydalanib, ul’tramikroskop yasadi.

Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə