Hanklarda &uxgalteriya msoB


Pul bisob-kitob huijatlarini rasmlylashtimh tartibi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə35/130
tarix11.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#144679
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130
3.Banklarda-buxgalteriya-hisobi-darslik-A.Omonov-T.-2014

Pul bisob-kitob huijatlarini rasmlylashtimh tartibi

Banklarda barcha operatsiyalar O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o'rnatilgan shakldagi pul hisob- kitob hujjatlarining asl nusxasi hamda «Вапк-mijoz» tizimidan foydalanuvchilardan elektron aloqa orqali oiingan elektron tolov hujjatlari, shuningdek, plastik kartochkalardan foydalan- gan holda tuzilgan elektron huijatiar asosida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida qayd etiladi.
Pul hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijroga faqat mijozning bankka taqdim qilgan muhr va imzo qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan shaxslar yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxsdan qabul qilinadi.
Pul hisob-kitob hujjatlarida quyidagi rekvizitlarning bo‘lishi majburiy hisoblanadi, aks holda bank xodimi hujjatlami ijroga qabul qilmaydi:

  • mijozning nomi va soliq tolovchining identifikatsion raqami (STIR);

  • pul oluvchi va pul to'lovchi mijozlar hisobvaraq

raqamlari;

  • ularga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va kodi;

  • hujjatning nomi, raqami va sanasi;

  • operatsiyaning nomi, maqsadi va summasi (raqam va so‘z

bilan); ■

  • mijoz muhri va mas’ul shaxslarining imzolari.

Agar bankka taqdim qilingan imzolar namunasi va mulir izi qo‘yilgan varaqchada ulaming asosiy muhri bo'lmagan hollarda, dehqon xo‘jaligi va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan taqdim qilingan pul hisob-kitob hujjatlari muhr izisiz qabul qilishga ruxsat beriladi. Imzolar o‘z egasining qo‘li bilan qo‘yilislii shart. Pul hisob-kitob hujjatlarida imzo izi tushirilgan faksimilni qo'yish taqiqlanadi.
Hujjatlarda operatsiya maqsadi aniq bayon etilishi lozim. Pul hisob-kitob hujjatlarida bo'yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo'yilmaydi.
Elektron hujiatlar mas’ul shaxslar imzolari o'rnini bosuvchi — elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Elektron hujjatlami qabul qilish va qayta ishlash jarayonida ulaming biror ko'rsatkichlarini o‘zgartirishga yo‘l qo'yilmaydi.
Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan bog'liq to'lov hujjatlari yuqorida qayd etilgan Markaziy bankning me’yoriy hujjati hamda naqd pul bilan bog‘liq operatsiyalari bo‘yicha to'lov hujjatlari «Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklami tashishga doir yo ‘riqnoma«(2008- yil 27-iyun, ro'yxat raqami 1831 — 0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-yil, 26-27-son, 258-modda)da belgilangan blanka shakllaridagi rekvizitlar bo'yicha to‘liq va to‘g‘ri toldirib, rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
«0‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma«(2001-yil 19-fevral, ro'yxat raqami 1009
— Me’yoriy huiiatlar axborotnomasi, 2001-yil, 3-4-son)ga muvofiq 0‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi va ularga qarashli muassasalarning tolov topshiriqnomalari va cheklarida tolovlar maqsadi ko‘rsatilishi talab qilinmaydi.
Bank tolovchi bo‘lib ishtirok etgan va memorial orderlar ishlatilgan hollarda, ular bank rahbarining va bosh buxgalter- ning imzolari bilan tasdiqlanadi, boshqa holatlarda memorial orderlar ushbu bank hisobvaraglni olib boruvchi buxgalter va bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Muddatida tolanmagan pul hisob-kitob hujjatlari (2-karto- tekaga kirim qilingan tolov talabnomalari, to‘lov topshi­riqnomalari va inkasso topshiriqnomalari)ni qisman to‘lash maqsadida tuzilgan memorial orderlarda operatsiya mazmunini bildiradigan matn ohniga uning shartli belgisi — «1» va «2» raqamlari hamda tolov talabnomasi yoki topshiriqnomasining tegishli raqami va sanasi ko‘rsatilishi shart.
Bank kunlik operatsiyalar yig'majildiga tikish va saqlash uchun chiqariladigan elektron tolov huijatlarining ro‘yxati hamda mijozlar tomonidan taqdim qilingan pul hisob-kitob huijatlarining asl nusxalari bankning mas’ul xodimlari imzosi va bank shtampi bilan tasdiqlanadi.


  1. Yüklə 4,14 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə